Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Neftchi" RPL klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi

"Neftchi" RPL klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi

Baho:
+ | -

6 iyul Farg‘onadagi “Istiqlol” o‘yingohida “Neftchi” futbolchilari, Rossiya Premyer-ligasi vakili, Yekaterinburgning “Ural” jamoasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi. 13 iyul kuni farg‘onaliklar “Ekaterinburg Arena”da bo‘lib o‘tadigan javob o‘yini uchun Sverdlovsk viloyatiga borishadi.

Rossiya Premyer-ligasining kuchli jamoalaridan biri bo‘lgan “Ural”, Farg‘onaga asosiy tarkib bilan tashrif buyuradi. Erik Bikfalvi, Kristian Neyva, Silviye Begich, Daniel Mishkich, Vladis-Emmerson kabi taniqli o‘yinchilar farg‘onalik muxlislar qarshisida to‘p tepadi.

Farg‘ona va Sverdlovsk viloyatlari bosh jamoalarining o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvlari, Sverdlovsk viloyati gubernatori Yevgeniy Kuyvashev boshchiligidagi delegasiyaning joriy yil aprel oyida Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bilan o‘tkazilgan muzokaralarda erishilgan kelishuv doirasida o‘tkazilmoqda.

Manba: "Нефтчи" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 10:24, 02.07.2023.
O'qildi: 1587 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик