Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Sergey Arslonov: "Jamoamiz yoshlarga e’tibor qaratishni susaytirmaydi"

Sergey Arslonov: "Jamoamiz yoshlarga e’tibor qaratishni susaytirmaydi"

Baho:
+ | -

Superliga 8-turning qoldirilgan o‘yinida safarda “Olimpik” bilan durang o‘ynagan “Surxon” klubi bosh murabbiyi Sergey Arslonov o‘yin haqida o‘z fikrini bildirdi.

“O‘yin asabiy tarzda kechdi. Raqibning kuchli tomonlarini bilardik. Birinchi taymda raqibga ayrim xududlarni nazorat qilishiga halaqit qila olmadik. Ikkinchi taymda vaziyatni o‘zgartirishga erishdik. Umuman olganda, o‘yindagi vaziyatlardan kelib chiqsak durang adolatli natija”, - dedi Arslonov.

“Jamoamiz musobaqa jadvalida bugungi egallab turgan o‘rnini olsak, ko‘pchilik buni kutmagan bo‘lishi mumkin, ammo jamoamiz ambisiyasi yuqori va bu tasodifiy natija emas. Aytishim mumkinki, xohish borasida hech bir jamoaga yutqazmadik”.

“Asilbek Jumayevning bugun maydondagi pozisiyasi shunday edi. U o‘yinni o‘z qo‘liga olishi va hujumlarni boshlab keskinlikni oshirishini rejalashtirgandik. Shuning uchun ham to‘p uchun kurashlarda biroz keskinroq o‘ynagan bo‘lishi mumkin. Uning pozisiyasi shuni taqozo qilardi. Hujumlarni boshlashda raqib hududiga yaqinroq o‘ynadik. Shu bois, uning harakatlari biroz keskinroq ko‘ringandir”.

“Jamoamiz yoshlarga e’tibor qaratayotgani o‘z samarasini berayapti. Masalan, Jumayev yoshlar jamoasida o‘ynab e’tiborga tushdi va bugun u asosiy tarkib o‘yinchisi. Jamoamizning falsafasi ham yoshlarni jalb etishga va ularga imkon berishga qaratilgan. Qolaversa, yoshlarni o‘zimizning mintaqadan qidirishga harakat qilayapmiz. Surxondaryoda doim iste’dodli futbolchilar yetarlicha bo‘lgan. Ularni tarbiyalab kelajakda asosiy jamoada o‘ynashiga sharoit yaratib berish asosiy maqsadimiz. Murabbiy sifatida U21 jamoamiz o‘yinlarini doimiy ravishda tomosha qilishga harakat qilaman. Bu musobaqa aynan yoshlarni ko‘zdan kechirish va ularni asosiy jamoaga tayyorlab borishni ko‘zda tutadi”.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 00:03, 03.07.2023.
O'qildi: 1220 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик