Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

"Barselona"ning "oyog‘idan tortib turgan" sabablar aniqlandi

"Barselona"ning "oyog‘idan tortib turgan" sabablar aniqlandi

Baho:
+ | -

La Liga moliyaviy feyr-pley qoidalarini biroz yumshatdi, endi klublarning yangi kelganlarni ro‘yxatga olishi biroz osonlashadi.

"Barselona" ish haqi fondini kamaytirish bo‘yicha faol ishlarni davom ettirmoqda. Endilikda asosiy jamoa fondining hajmi 386 million yevroni tashkil etadi, deb yozadi Marca.

Nashr jurnalistlarining ta’kidlashicha, ularda kataloniyaliklarning moliyaviy ahvoli haqida ma’lumotlar bor. Hozirgi miqdorni ikki yil oldingi bilan solishtirganda, muxbirlar ishonch bilan aytishlari mumkinki, "ko‘k-anorranglilar"ning hozirgi rahbariyati xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha jiddiy ish qilgan. Ammo kataloniyaliklarda hali ham ish haqi fondining oshishiga ta’sir qiluvchi ikkita jiddiy muammo bor.

1. "Barselona" seksiyalari

Ayollar futbol jamoasi, basketbol va gandbol jamoalari ham kataloniyaliklar pul sarflaydigan katta brend ekanligini unutmaslik kerak. Marca xabariga ko‘ra, "Barsa" ushbu bo‘limlarga 91 million yevro sarflaydi, bu esa maoshlar hajmini 477 million yevroga oshirib yuboradi.

2. Ijaraga olingan futbolchilarni qaytarish

1 iyul kuni boshqa klublarda ijara asosida o‘ynagan futbolchilar Kataloniya jamoasi bazasiga qaytdi. Bu futbolchilarning maoshi uchun klub 54 million yevro ajratadi va shu tariqa "Barsa"ning maosh fondini 531 million yevroga oshishi kutilmoqda.

Aynan shuning uchun kataloniyaliklar tezroq jamoaga qaytgan futbolchilar bilan xayrlashishga intilmoqda. "Ko‘k-anorranglilar" allaqachon Umtiti bilan xayrlashgan, klubni tark etish uchun navbatdagi nomzod Lengle bo‘lishi mumkin. Diario Sport jurnalistlari "Tottenxem" Klemanni sotib olishiga ishonmoqda.

Oldinda hali ko‘p ishlar bor, Laporta va uning jamoasi buning uddasidan chiqa oladimi?

Kiritildi: 18:55, 03.07.2023.
O'qildi: 6410 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.