2026/2027 yilgi mavsumga tayyorgarlik doirasida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Ispaniyaning «Barselona» hamda Italiyaning «Udineze» jamoalari maydonga tushdi. Uchrashuv qisqartirilgan formatda o‘tkazilib, 45 daqiqa davom etdi.
Udine shahridagi «Blyuenerji» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda «Udineze» futbolchilari 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona golni mezbonlar hujumchisi Vakun Bayo 45-daqiqada urdi.
O‘tgan mavsum Ispaniya chempionatida «Barselona» 94 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida birinchi o‘rinni egalladi. Kataloniyaliklar ikkinchi o‘rindagi Madridning «Real» klubidan sakkiz ochko oldinda bo‘ldi.
Italiya chempionatining o‘tgan mavsumida esa «Udineze» 50 ochko to‘plab, turnir jadvalida 10-o‘rinni egalladi.













