Dortmundning "Borussiya" klubi "Alaves"dan hujumchi Usmon Diallo bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Senegallik 16 yoshli ispaniyalik futbolchi 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Yangi kelgan futbolchi Dortmundning yoshlar jamoasida o‘ynaydi, u klubda o‘zi uchun 11-raqamni oldi.
Diallo Ispaniyaning turli yoshdagi terma jamoalari uchun 10 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan.













