Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

"Manchester Yunayted" 2022 yilda qo‘ldan chiqargan futbolchilar

"Manchester Yunayted" 2022 yilda qo‘ldan chiqargan futbolchilar

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" o‘tgan yozda 200 million funtni transferlar uchun sarflagandi. Ammo Erik ten Xag o‘zi istagan hamma futbolchini sotib olishga muvaffaq bo‘lmagan. Olib kelinganlar – Antoni, Kazemiro, Lisandeo Martines va Tirell Malasiya. Olib kelinmaganlarchi? Quyida "MYU" o‘tgan yozda qo‘ldan chiqargan futbolchilarga e’tibor qaratamiz.

Adriyen Rabyo

Fransiya terma jamoasi a’zosi qishki transferlar oynasida ham "MYU"ga o‘tishi mumkin edi. Ammo unday bo‘lmadi. U o‘tgan yozda bir muddat "Yuventus"ning 23 yoshgacha bo‘lgan jamoasida mashg‘ulotlar o‘taydi. Mavsum davomida Rabyo turinliklarning asosiy figurasi sifatida namoyon bo‘ldi. Natijada, yarim himoyachi mavsumni jami 48 ta o‘yin bilan tugatdi va 11 ta gol urdi. Rabyo yaqindagina "Yuventus" bilan shartnomasini yangilagandi.

Kodi Gakpo

"Liverpul" ishga kirishmasidan oldin, Gakpo ten Xag tomonidan kuzatilayotgandi. "PSV" va "MYU" bu borada muzokaralar ham o‘tkazgan. Bu haqida futbolchining o‘zi shunday deydi: "Aslida van Nistelroy bilan "MYU" ko‘chish borasida ko‘p gaplashgandim. Ammo qishda hammasi o‘zgardi. U meni katta klubga borishimni istadi. Men esa "Liverpul"ni tanladim".
Yurgan Klopp Gakpodan mavsumning ikkinchi qismida muvaffaqiyatli foydalangandi.

Frenki De Yong

De Yong o‘tgan yozda ham, bunisida ham omma e’tiborida turibdi. Yarim himoyachiga hozirda "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda. Ammo bir yil oldin bu o‘rin "MYU"ga tegishli edi. Ten Xag ming chiranmasin, futbolchi "Barselona"da qolishni afzal ko‘rdi va bu qaror mavsum oxirida o‘zini oqladi. U Ispaniya chempioniga aylandi. Hozir ham De Yongning fikriy pozisiyasi o‘zgarmagan. Xavi buni tasdiqlagandi.

Serjinyo Dest

Dest ham "MYU" e’tiboridagi futbolchilardan biri edi. "Qizil iblislar" AQSH terma jamoasi a’zosi evaziga Uan-Bissakani taklif etadi. Ammo futbolchining o‘zi Angliyadan ko‘ra Italiyani afzal ko‘rdi. Dest "Milan"ga ijaraga beriladi. Himoyachi u yoqda 2 ta liga o‘yinida qatnashdi xolos. Hozir Dest omma nazaridan biroz chetda qolmoqda. U "Barsa"dan ketsa kerak.

Joau Feliks

"MYU"ning portugaliyalik hujumchiga qiziqqani rost. Hatto, ayrim manbalar o‘tgan yozda Feliks uchun 110 million funt taklif qilinishini bildirgandi. "Atletiko" uni sotmagani bilan, yaxshi foydalana olmadi. Mavsumning ikkinchi yarmida Feliks baribir Angliyaga keladi. Ammo u "Chelsi" futbolchisi sifatida harakat qildi. Madridliklar esa o‘z futbolchisi uchun besh oyga 11 million funt ijara puli ishlab oldi. "MYU" hozir allaqachon Feliks masalasini unutib yuborgan.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 10:11, 05.07.2023.
O'qildi: 3294 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.