Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

«Metallurg-2023»: Birinchi davra sarhisobi

«Metallurg-2023»: Birinchi davra sarhisobi

Baho:
+ | -

“Metallurg”ni mavsum boshidan buyon ikki nafar bosh murabbiy boshqardi. Ispaniyalik Luisma Ernandes  3-turdan (+1=0-2, 1:6) keyin iste’foga chiqarildi. 4-turdagi “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvda (+0=0-1, 1:3) jamoani katta murabbiy Ilyos Qurbonov maydonga olib tushdi. 5-turdan esa “Metallurg” boshqaruvi chernogoriyalik Vesko Steshevich qo‘liga o‘tdi (+2=3-4, 9:14).

Murabbiylar shtabi 13 ta o‘yinda 24 nafar futbolchi xizmatidan foydalanishdi. Birinchi davraning barcha 13 ta uchrashuvlarida maydonga tushgan o‘yinchilar soni 4 nafar. Lekin ularning barchasi maydonda to‘liq qolishmagan. Eng ko‘p daqiqa o‘ynagan futbolchi esa Shahzodbek G‘ofurbekov – 1126 daqiqa. Ming daqiqalik dovondan shuningdek, Zabixillo O‘rinboyev hamda 12 ta o‘yinda maydonga tushgan Abrorbek Toshqo‘ziyevlar ham oshib o‘tishdi. 10 ta va undan ko‘p o‘yinlarda maydonga tushgan futbolchilarimiz soni esa 9 nafar.

“Metallurg” birinchi davrada raqiblar darvozasiga 11 ta gol urgan. Jamoa to‘purari Zabihillo O‘rinboyev – 3 ta gol. O‘zbekiston U-20 terma jamoasi a’zosi, Osiyo chempioni Shahzodjon Ne’matjonov hisobida 2 ta gol bor. O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi a’zosi Ibrohim Ibragimov ham o‘z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘ygan. Shahzodbek G‘ofurbekov hamda Ergash Ismoilovlar o‘yindan, Husniddin G‘ofurov hamda Damir Temirovlar esa penaltidan bir martadan muvaffaqiyat qozonishgan.

Murabbiylar 13 ta uchrashuv qaydnomasiga 4 nafar darvozabonni kiritgan bo‘lsa-da, ulardan 2 nafari darvozani qo‘riqladi: Akmal Ortiqov – 8 ta o‘yin maydonga tushib, ulardan 2 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi (+3=2-3, 9:15). Aleksandr Lobanov esa 5 ta o‘yinda darvozani qo‘riqladi (+0=1-4, 2:8).

Eng ko‘p ogohlantirilgan futbolchi Abrorbek Toshqo‘ziyev bo‘ldi – 5 ta sariq kartochka. Shuningdek, Kerim Palich ham ogohlantirishlar (4 ta sariq kartochka) sabab bitta o‘yinni o‘tkazib yubordi. Hakamlar “Metallurg”ning jami 14 nafar o‘yinchisini “jazolagan” (30 ta sariq kartochka). 4 nafar futbolchimiz maydondan chetlatilgan.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 23:01, 05.07.2023.
O'qildi: 1107 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик