Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 23:45 Milan - Lechche
28/09 00:00 Valyadolid - Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl - Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe - Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor - Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

Saudiya Arabistonida eng ko‘p maosh olayotgan futbolchilarni bilib oling! (top-10)

Saudiya Arabistonida eng ko‘p maosh olayotgan futbolchilarni bilib oling! (top-10)

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni futbol dunyosini larzaga solib, hammani hayron qoldirmoqda. Moliyaviy ustunlik arablarga Karim Benzema, N'Golo Kante va Xakim Ziyesh kabi mega-yulduzlarni olib kelish imkonini berdi. Hammasi Krishtianu Ronalduning 2023 yil avvalidagi yirik shartnomasidan keyin boshlangandi. Hozir O‘rta Sharq Yevropaning har-xil yoshdagi futbolchilarini o‘z bag‘riga chorlamoqda. Quyida Saudiya Pro-ligasidagi eng yaxshi maoshga ega futbolchilar haqida so‘z bordi.

10. Ever Banega – 9.1 million funt

35 yoshli Banega 2020 yilda "Sevilya" bilan Yevropa ligasida zafar quchadi. Titul qo‘lga kiritilgach, futbolchi "Al-SHabab"ga yo‘l oladi. O‘sha paytda uning yiliga 9 millionlik shartnomasi o‘ta kattadek tuyulgandi. Shundan keyin yangi-yangi yulduzlar olib kelindi. Baneganing maoshi esa ularniki oldida hech nima bo‘lmay qoldi.

9. Eduar Mendi – 9.4 million funt

"Chelsi"ni tark etgan Mendi hali Yevropada qolsa bo‘lardi. Uning yoshi bunga bemalol imkon beradi. Ammo senegallik futbolchi "Al-Ahli"ga o‘tishni ma’qul ko‘rdi. Mendi Londonda 3 yil faoliyat yuritgandi. Uning transferi "Chelsi"ga 17 million funt foyda keltirdi.

8. Jota – 10 million funt

"Seltik" muxlislarini qayg‘uga solgan holda, portugaliyalik futbolchi "Al-Ittihod"ga yo‘l oldi. Hozir Jota Benzema va Kante bilan bir jamoaga keldi. 25 millionga sotib olingan hujumchi yiliga 10 million funt oladi.

7. Ruben Nevesh – 15.6 million funt

Neveshni ko‘pchilik Yevropada qoladi deb o‘yladi. 25 yoshli yarim himoyachi APLdan boshqa kuchli ligaga ko‘chishi yoki Angliyaning o‘zidagi yevrokuboklar uchun kurashayotgan jamoaga o‘tishi mumkin edi. Ammo bunday bo‘lmadi. Nevesh YECHLda o‘ynashni istar edi. "Al-Hilol" uni "Vulvz"dan 47 million funtga sotib oldi. Ruben Saudiya Arabistonida haftasiga 300 ming funt bilan ta’minlanadi.

6. Roberto Firmino – 17 million funt

Firmino erkin agent sifatida o‘zi sakkiz yil birga bo‘lgan "Liverpul"ni tark etdi. Braziliyalik ham Yevropa jamoalari uchun mos darajaga hali ega edi. Afsuski, hujumchi "Al-Ahli" bilan uch yillik shartnoma tuzdi. Endilikda Firmino "Chelsi"dan kelgan Mendi jamoadoshiga aylandi.

5. Marselo Brozovich – 21 million funt

"Al-Nasr" yangi yarim himoyachiga ega bo‘ldi. Xorvatiya terma jamoasi a’zosi ham unchalik qari emasdi. Shunga qaramay, katta pul Brozovichning fikri o‘zgarishiga sababchi bo‘ldi. Yarim himoyachi endi Pro-ligada uch yil to‘p tepadi.

4. Kalidu Kulibali – 30 million funt

Kulibali bundan 12 oy ilgari 34 million funtga xarid qilingan edi. Himoyachi ketishi bilan "Napoli" chempionlikka erishdi. "Chelsi" ortiqcha futbolchilarni sotmoqda. Shu sababli ziyoniga bo‘lsa ham, Kulibalini 20 million funtga pulladi. "Al-Hilol" endi senegallika yiliga 30 million to‘laydi.

3. N'Golo Kante – 86.2 million funt

Kuchli uchlik oldida yuqoridagi summalar hech nima bo‘lmay qoladi. N'Golo Kanteni "Chelsi" jon-jahdi bilan olib qolishga intildi. Ammo buning iloji bo‘lmadi. Negaki, Fransiya terma jamoasi a’zosi uchun "Al-Ittihod" yirik taklif bilan keldi. Buni rad etib bo‘lmasdi. 32 yoshli qahramonimiz Jidda shahrida 3 yillik shartnomaga hech ikkilanmay imzo chekdi.

2. Karim Benzema – 172 million funt

"Oltin to‘p" sohibiga yarashaveradi. Uning Yevropadagi davri yaxshi vaqtda yakuniga yetdi. Benzema yana bir yil "Real"da qolsa bo‘lardi. Ammo u Saudiyaga safarni tanladi. "Al-Ittihod" Benzema uchun uch yil 172 milliondan maosh to‘laydigan bo‘ldi.

1. Krishtianu Ronaldu – 173 million funt

Benzema maosh borasida Ronalduga o‘ta yaqin keldi. Shunga qaramay, fransiyalik hujumchi Ronaldu kabi 2 yil emas, balki 3 yil O‘rta Sharqda bo‘ladi. Bu degani u Ronaldudan ko‘proq maosh oladi. Shuni ta’kidlash kerakki, agarda Ronaldu yilni boshida bu trendni boshlab bermaganida, balki katta yulduzlar Osiyo o‘lkasiga kelmasdi. Krishtianu "MYU" bilan xayr-xo‘shni nasiya qilib, yilning boshida "Al-Nasr" bilan ikki yillik bitimga imzo chekkandi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 14:22, 06.07.2023.
O'qildi: 9198 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.