Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Taqdir: «Onajon, televizorni yoqing, meni ko‘rasiz...»

Taqdir: «Onajon, televizorni yoqing, meni ko‘rasiz...»

Baho:
+ | -

Sadio Mane bugun Afrika futbolining eng sara yulduzlaridan biri, albatta.

Senegallik hujumchining hozirgi darajaga chiqish yo‘lida murakkab dovonlardan oshib o‘tgani ham ko‘pchilikka ma’lum. Deylik, Sadio 2010-2012 yillar oralig‘ida Fransiyaning «Mes» klubida tajriba oshirdi, shundan so‘ng Avstriyaga yo‘l olib, «RB Zalsburg» safiga qo‘shildi. Senegal faxri shundan so‘ng navbati bilan «Sautgempton» va «Liverpul» safida to‘p surib, Angliya futbolini mahv etdi. Ayniqsa, «qizillar» bilan cho‘qqilarga chiqdi, «Enfild»da o‘ta samarali faoliyat olib bordi. Mana, u hozir «Bavariya» a’zosi va butun Afrika futboli g‘ururi...

Qisqasi, Sadio Manening yevrofutboldagi yurishi ko‘pchilikka ma’lum. Lekin boshlanish chizig‘i-chi? Tabiiyki, senegallik yosh yigitcha Fransiyada birdan tanilib qolmagan. Umuman, Sadioning faoliyat yo‘li haqida kun kelib, alohida film suratga olinsa, ajabmas. Har holda, bu - ssenariynavislar uchun tayyor «mahsulot». Yaxshisi, Sadio Manening quyidagi hikoya­sini o‘qib chiqing va o‘zingiz xulosa chiqaring: 

- «Mes» klubi bilan shartnoma tuzish uchun Fransiyaga kelgach, birinchi kunda qanday holatga tushganimni yaxshi eslayman. Tibbiy ko‘rikdan so‘ng darhol klub mashg‘ulotlariga qo‘shilishni xohladim, biroq murabbiy bunga qarshi chiqib, ozgina hordiq chiqarishim zarurligini ta’kidladi. O‘sha vaqt telefonim kartasida pul qolmagandi. Lekin onamga qo‘ng‘iroq qilib, Fransiyada ekanligimni aytib qo‘yishim zarur edi. Ertasiga Mesda uzoq vaqtdan buyon yashayotgan do‘stlarim davrasida sayrga chiqdim, xayriyatki, ularning yordamlari bilan onamga qo‘ng‘iroq qildim, mendan xavotir olmasligini aytdim. Onam esa Fransiyada ekanligimga ishonmadi. Muloqotimiz tig‘iz ohangda davom etgani ham esimda: 

- Onajon, bu yer Fransiya, Yevropa...

- Hoy bola, Yevropa deganing nimasi? Sen Senegalda yashaysan, shu yerda bo‘lishing kerak...

Onam bilan bahslashmadim va faqat hozir Yevropada bo‘lishim shartligini tushuntirishga urindim. U esa hayratda qolgandi va meni ahmoqqa ham chiqardi. Onam shu qadar hayron bo‘ldiki, gaplarim rost yoki yolg‘onligini aniqlash uchun har kuni menga qayta-qayta qo‘ng‘iroq qildi. Buning uchun qayerdan pul topganini esa bilmayman. Har holda, o‘sha vaqt Senegalda xalqaro so‘zlashuvlar tarifi juda baland edi. Qisqasi, onam menga aslo ishonmadi anchagacha. Keyin bir kuni unga qo‘ng‘iroq qilib, televizorni yoqishi va unda meni ko‘rishini aytdim. Shu tariqa o‘yinimni tomosha qilganidan keyingina nihoyat, Fransiyada ekanligimga ishondi va orzum amalga oshayotganini tushundi.

Xo‘sh, aytingchi, shu tarixning o‘zi sahnalashtirishga arzimaydimi? Ha, Sadioning ilk qadamlari afrikalik futbolchilar yevrofutbolda osongina joy topmasliklaridan dalolat. Boshqacha aytganda, har qanday muvaffaqiyat boshida ma’lum darajada qurbonliklar talab etadi, oldingizga qiyin dovonlar qo‘yadi. 

Ravshan IBROHIM tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:24, 06.07.2023.
O'qildi: 2965 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.