"Inter"ning yangi futbolchisi Davide Frattezi jamoa safiga qo‘shilish qarori haqida fikr bildirdi.
"Bu klub naqadar buyuk ekanligini tushunish uchun faqat orqaga o‘grilish kerak", dedi Frattezi "Inter" kuboklar zalida bergan intervyusida. - Hammasi bir yarim yil avval “San-Siro”da “Inter”ga qarshi o‘ynaganimdan boshlandi. O‘sha kuni muxlislar va stadion meni hayratda qoldirdi. Bu yerga ko‘chib o‘tish taklifini olganimda ikki marta o‘ylashim shart emas edi. Men "Inter"ga g‘alabalarni qo‘lga kiritishda yordam bermoqchiman", - deya yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi Football Italia.