"Atletiko" Urugvayning "Rasing" klubi himoyachisi Santyago Mourinyo bilan 5 yillik shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 21 yoshli urugvaylik futbolchi madridliklarga 2,7 million yevroga tushgan.
O‘tgan mavsumda u "Rasing" tarkibida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi.