Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Mbappe Al-Xelayfining gaplaridan hayratda qoldi

Mbappe Al-Xelayfining gaplaridan hayratda qoldi

Baho:
+ | -

PSJ" prezidenti Nosir al-Xelayfi yaqinda Kilian Mbappega ultimatum qo‘yishini e’lon qildi. Klub rahbarining so‘zlariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi yaqin haftalarda yangi shartnoma imzolashi kerak, aks holda u sotiladi. Shu bilan birga, Mbappe avvalroq 2023/2024 yilgi mavsumni "PSJ"da o‘tkazishi belgilangan bo‘lsa-da, shartnomasini uzaytirishni istamasligini ma’lum qilgandi.

Shuningdek, Al-Xelayfi, "PSJ" Mbappeni tekinga qo‘yib yubormasligini aytdi. Funksionerning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi erkin agent sifatida ketmaslikka va’da bergan.

L’Equipe nashrining yozishicha, Mbappe al-Xelayfining gaplaridan hayratda. Gap shundaki, futbolchi "PSJ"ga tekin ketmaslik haqida va’da bermagan va u bir necha bor intervyuda klubga pul ishlashga ruxsat berishini aytgan.

Qayd etilishicha, Mbappening pozisiyasi o‘zgarmagan - u ikki haftadan keyin mavsumoldi tayyorgarlikni boshlash niyatida.

Kiritildi: 17:44, 07.07.2023.
O'qildi: 6429 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик