Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza 0-1 Bolonya
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

Roys mas’uliyatdan o‘zini olib qochdi

Roys mas’uliyatdan o‘zini olib qochdi

Baho:
+ | -

Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Marko Roys endi jamoa sardori bo‘lmaydi, deya xabar beradi jamoa rasmiy sayti.

“Shaxsan men sizga bir narsani aytishim juda muhim: ta’tilda o‘ylashga ko‘p vaqtim bo‘ldi va men sardorlikdan voz kechishga qaror qildim. Kecha men bu haqda Edin Terzich va Sebastyan Kelga xabar berdim.

Menga bu tasmani besh yil davomida faxr va sharaf bilan taqishga ruxsat berildi. Yillar davomida qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur.

Men Edin va Sebastyanga juda yaxshi voris topishlarini tilayman - ular muvaffaqiyatga erishishlariga ishonchim komil”, - dedi Roys Dortmund saytida chop etilgan videomurojaatida.

34 yoshli nemis aprel oyida "Borussiya" bilan shartnomasini 2024 yilning yoziga qadar uzaytirgandi.

Roys o‘tgan mavsumda jamoa safida barcha turnirlarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 22:42, 07.07.2023.
O'qildi: 1205 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.