10-o‘rin. Karlo Anchelotti
Bu yerda kengroq muhokama qilish imkoniyati mavjud. Marokash bosh murabbiyi Regragi, "Lasio" bilan A Seriyada ikkinchi o‘rinni qayd etgan Maurisio Sarri, bundan tashqari, Anchelotti, Klopp va Erik Ten Xag bu o‘ringa loyiq ko‘rilishi mumkin edi. Lekin ulardan ko‘ra, bu borada Anchelotti ulardan ancha haqliroq. Chunki, "Liverpul" Chempionlar ligasidan erta chiqib ketdi. "Manchester Yunayted" esa, Yevropa ligasi yarim finalida "Sevilya"ga mag‘lub bo‘ldi. Angliya Kubogida ham muvaffaqiyatsiz urunish. APLda "Liverpul"ga 0:7 hisobida yutqazdi.
Mavsumning eng yaxshi murabbiylarini aniqlashda jamoalarning resurslari va toifasiga emas, balki murabbiylik ishiga e’tibor qaratilgan. Kuchli o‘ntalikda hamma qo‘lildan kelganini qildi. Ammo o‘tgan mavsumda ko‘plab afsonalar o‘zlaridan ko‘ra yomonroq harakat qilishdi. ESPN'ning Karlo Anchelottini bu o‘ringa qo‘yganini qo‘pchilik to‘g‘ri qabul qildi. Hattoki, Chempionlar ligasida muvaffaqiyatsiz ishtirok va La Ligada ham "Barselona"ga yutqizgani ham bunga halaqit qilmadi.
9-o‘rin. Xavi
"Barselona" murabbiyi Yevropa ligasida MYUga mag‘lub bo‘ldi, bu jamoa uchun ancha uyatli natija. Lekin ayni vaqtda Ronalduning sobiq jamoasidan ko‘ra yomonroq holatda bo‘lgan klub bilan ishlamoqda. "Ko‘k-anorranglilar"da pul yo‘q, ammo tarkibni ancha kuchaytira oldi. Xavi jamoani ishontira oldi, hattoki, Negeyra muammosi bilan La Ligada "Real Madrid"ni mag‘lub etishgi uddaladi. Bu borada Klopp va Tuxeldan ko‘ra samaraliroq bo‘ldi. Gyundogan kabi o‘z darajasidagi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi.
8-o‘rin De Zerbi
Bu o‘rinda Xosep Gvardiolaning fikrini yodga olamiz: "Roberto De Zerbi so‘nggi 20 yildagi eng nufuzli murabbiylardan biri. Roberto Premyer Ligaga kelgach, ijobiy natija kutgandim. Lekin bunchalik tez kirishib ketadi deb o‘ylamagandim".
Italiyalik murabbiy ushbu ro‘yxatga kiritildi. Chunki, u "Brayton"ni o‘z qo‘liga oldi va Yevropa ligasida ortiqcha byudjetsiz dadil, hujumkor futbol o‘ynaydigan jamoani rivojlantirdi. Yangi mavsumda De Zebiga qiyin bo‘lishi mumkin. Sababi, klub bir qancha yetakchilarini sotib yubordi. Ammo "chaykalar" har mavsum APLda sezilarli natija ko‘rsatadi.
7-o‘rin. Eddi Xau
PSJ va "Bavariya"da juda ko‘p pul bor va ularning futbolda o‘rni katta. "Nyukasl" ham o‘ziga homiy topdi, klub rahbarlari Xauga tarkibni kuchaytirish uchun yetarlicha mablag‘ ajratdi. Ammo "Chelsi" kabi ko‘p va samarasiz transferlar bo‘lmadi. Jamoa yangi mavsumdan boshlab, uzoq kutilgan Chempionlar ligasida qatnashadi. Xau futbolchilar bilan yaxshi kelisha oldi, Trippyeni jamoa sardori sifatida maydonga boshladi.
6-o‘rin Zlatko Dalich
FIFAning so‘nggi reytingida Argentina birinchi o‘rinda, Fransiya bilan teng ochko jamg‘argan holda. Keyingi o‘rinlarda Braziliya, Angliya va Belgiya, Jahon chempionatida qoniqarsiz natija qayd etgan Xorvatiya. Millatlar Ligasida esa, Unai Simonning penaltilar seriyasidagi qahramonligi bilan Ispaniyaga mag‘lub bo‘ldi. Har ikki turnirda ham bir bahiya qolgandi. Modrich terma jamoada ham sovrin yutishi mumkin edi. Dalich inglizlar va fransuzlar kabi resurslarga boy bo‘lmasa-da, xorvatlarning darajasini saqlab qoldi.
5-o‘rin. Simone Inzagi
"Inter" A Seriyani kubok uchun qurbon qilganidan xabaringiz bor, ammo chempionatda ham uning qo‘li ko‘rinib turardi. Superkubokda "Milan"ni, kubokda "Fiorentina"ni mag‘lub etishdi, so‘ng Istanbuldagi finalda oxirgi daqiqalarda "Manchester Siti"ga yutqazdi. Cheklangan resurslar bilan "Inter" tarkib bo‘yicha "Real"dek emasdir, ammo qo‘shimcha kuchlar bilan Inzagi jangovar jamoani yaratishga muvaffaq bo‘ldi.
4-o‘rin. Mikel Arteta
Bu pog‘ona juda bahsli, chunki Simone Inzagi yuqoriroq bo‘lishi mumkin edi. Artetaning futbolda bir qancha xatolari bor. Premyer Ligada Gvardiolaga yutqazdi, Yevropa ligasida ham "Sporting"ga mag‘lub bo‘ldi. Ammo Mikel "Arsenal"ni ancha jonlantirdi. Yildan yilga chempionatda to‘plangan ochkolar- 61, 69, va 84. Ketma-ket ochkolar jamg‘arilgan. Zinchenko va Saliba "kanonirlar"ning o‘yiniga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Yillar o‘tib ular Chempionlar ligasiga qaytdi. Bu murabbiyning yutug‘idir.
3-o‘rin. Luchano Spaletti
Hammasi oddiy ko‘rinsa-da, Spalnetti "Napoli"ni Italiya chemptoniga aylantirdi, bu hodisa Maradona paytidan beri sodir bo‘lmagandi. Kvarasxeliya, Osimxen, Di Lorenso va Lobotka kabi futbolchilar butun shaharning yodida qoldi. Spaletti ham qahramon, ayni paytda ayyor - chunki u hozir ta’tilda. Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlikdan tashqari barchasi zo‘r o‘tdi.
2-o‘rin. Lionel Skaloni
Qatardagi mundialda dastlab, favoritlar qatorida bo‘lmagan jamoa bilan Jahon chempioni bo‘lgan murabbiyni pastgi qatorda ko‘rishimiz mumkinmi? Bir necha yil oldin Skaloni Ispaniyada beparvo avtomobil haydovchisi sabab o‘lishga bir bahiya qolgan edi. Ammo Leo omon qoldi va argentinaliklarni o‘z atrofiga to‘pladi hamda Messi bilan xalqiga bir olam quvonch olib keldi.
1-o‘rin. Pep Gvardiola
Xosep Gvardiola Chempionlar ligasi, Premyer Liga va Angliya kubogida g‘olib chiqdi. Trebl albata natijalar haqida gapiradi. Jamoa noodatiy 3-2-4-1 sxemasiga o‘tib oldi. Stounsni yangi pozisiyada, tayanch yarim himoyada sinab ko‘rdi. Chap qanotda Grilish ancha o‘zini ko‘rsatdi. Xoland ham bir qancha rekordarni yangiladi. Gvardiola esa, masum qahramoni.
Yuqorida sanab o‘tilgan murabbiylar, darhaqiqat, o‘z natijalari bilan bu reytingga haqli ravishda kiritildi.