Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

«Navbahor» safida kim ko‘p kartochka olgan?

«Navbahor» safida kim ko‘p kartochka olgan?

Baho:
+ | -

“Navbahor”ning birinchi davraga oid statistik ma’lumotlari bilan tanishtirishda davom etamiz. Bu safar futbolchilarning kartochkalari statistikasiga to‘xtalishni lozim deb topdik.

Albatta, futbol jamoaviy sport turi sanalsada, yakkakurashlarga ham boydir. To‘p uchun kurashdagi bunday vaziyatlar esa odatda qo‘polliklarsiz o‘tmaydi.

Shuningdek, ayrim paytlarda raqib hujumini bartaraf etish, bundan tashqari, asabni jilovlay olmaslik, qiziqqonlik ham futbolchilarning hakam tomonidan ogohlantirish olishlari, ayrim paytlarda esa hattoki, maydondan chetlatishlariga sabab bo‘ladi. Qisqasi, kartochkalar millionlar o‘yinining bir bo‘lagi hisoblanadi.    

Superligasining 1-davrasida “lochinlar”ning 13 nafar futbolchisi hakamlar tomonidan sariq va qizil kartochkalar bilan “siylandi”.

Jamoaning 30 yoshli tajribali himoyachisi, maydondagi haqiqiy jangchi Davronbek Hoshimov 4 ta sariq va bitta qizil kartochka olgan holda, diskvalifikasiya sababli, “lochinlar” ishtirokidagi ancha o‘yinlarni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keldi.

“Navbahor”ning serbiyalik 30 yoshli tajribali yarim himoyachisi Yovan Jokich esa 5 marta ogohlantirilib, diskvalifikasiya bois, bitta o‘yinni o‘tkazib yubordi.

Jamoaning 26 yoshli yarim himoyachisi Jamshid Boltaboyev esa 3 ta sariq, 1 ta qizil kartochka bilan “siylandi” hamda u ham qizil kartochka sababli, “Navbahor”ning ayrim o‘yinlarida jamoadoshlariga yordam bera olmadi.

"Navbahor" a’zolarining 1-davradagi kartochkalar bo‘yicha statiskasi esa quyidagicha:   

Davronbek Hoshimov  – 4 ta sariq, 1 ta qizil kartochka;
Yovan Jokich – 5 ta sariq kartochka;
Jamshid Boltaboyev – 3 ta sariq kartochka, 1 ta qizil kartochka;  
Igor Golban – 3 ta sariq kartochka;
Asadbek Sobirjonov, Luka Chermel, Abrorbek Ismoilov – 2 tadan sariq kartochka;
Jasurbek Yaxshiboyev, Oston O‘runov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Shahboz Jo‘rabekov, Jamshid Iskanderov, Temurxo‘ja Abduxoliqov – 1 tadan sariq kartochka.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:44, 08.07.2023.
O'qildi: 1192 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.