Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Yuventus", "Milan" va "Roma" Arnautovichga xaridor

"Yuventus", "Milan" va "Roma" Arnautovichga xaridor

Baho:
+ | -

"Bolonya"ning 34 yoshli hujumchisi Marko Arnautovichga "Yuventus", "Milan" va "Roma" jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, avstriyalik hujumchi yuqoridagi klublar tomonidan hujumni kuchaytirish uchun ustuvor variantlarga ehtimoliy arzonroq muqobil sifatida qaralmoqda. Biroq futbolchining agenti "Bolonya"ni tark etishni zarur deb hisoblamaydi. Unga ko‘ra, Marko klubda baxtli va ketmoqchi emas. Hozircha u bor e’tiborini "Bolonya" libosida eng yaxshi natijaga erishish uchun mavsumoldi tayyorgarlikni boshlashga qaratgan.

Avstriyalik futbolchi o‘tgan mavsumda A Seriyada “Bolonya” safida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan. Transfermarkt internet portali 34 yoshli futbolchining bozor qiymatini 5 million yevroga baholagan.

Kiritildi: 00:34, 09.07.2023.
O'qildi: 1142 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.