Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Yer yuzi bo‘ylab olti aylana...

Yer yuzi bo‘ylab olti aylana...

Baho:
+ | -

APL klublari mavsumoldi turnelari davrida yer yuzini 6 martadan ko‘p aylanib chiqishga  yetadigan  masofani  bosib o‘tadi birgalikda.

Aqlni shoshirib qo‘yadigan raqamlar. Qiziq, uzundan-uzun parvozlarda qaysi klublarning ulushi kattaroq?

Yaqin orada yevrofutbolda yozgi ta’til yakunlanadi va hamma qat’iy tartib asosidagi ish jarayoniga qaytadi. Yangi mavsum startiga qadar Yevropa klublarini nafaqat mavsumoldi tayyorgarlik bos­qichlari, balki dunyo bo‘ylab turnelar kutmoqda. Jumladan, APL ishtirokchilari jahonning turli nuqtalarida o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishlari kerak. Tabiiyki, yozgi turnelar klublarning mashhurligini oshirishga ham xizmat qiladi - bu an’anaviy tajriba.

Ma’lum bo‘lishicha, APL klublari joriy yoz samolyotlarda har qachongidan ham ko‘proq vaqt o‘tkazadi. Oddiy ayt­ganda, parvozlarning umumiy davomiyligi hayratlanarli darajada uzun. Raqamlarda keltirsak, Angliya klublari 26 kun oralig‘ida 15ta mamlakatda bo‘lib, jami 64ta o‘yinda maydonga tushadi. Parvoz  masofasining umumiy miqdori - 170 000 mil (273 588 kilometr). Bu ekvator uzunligidan naq 6,8 baravar ko‘p ekanligini  alohida qayd etish kerak. Tabiiyki, oxirgi mavsum APL turnir jadvali  yuqori oltiligidan joy olgan klublarda parvoz ulushi kattaroq. «Tottenxem» esa 19 960 mil (32 122 kilometr) bilan bu borada rekord o‘rnatadi. «Shporlar» «Vest Xem» bilan o‘yin uchun G‘arbiy Avs­traliyaning Pert shahriga  yetib borish yo‘lida butun kunni havoda o‘tkazishadi, jumladan. «Yashil qit’a»dan Tailand tomon 6 soatlik parvoz , Singapurga qisqa sayohat va Londonga qaytish... «Tottenxem» a’zolari buning uchun yana 14 soat samolyot ichida bo‘lishadi.

«MYU» esa eng tig‘iz ish jadvaliga ega: Erik ten Xag shogird­lari 25 kun ichida 7ta o‘yinda maydonga  tushishlari  bu vaqt  davomida 15 000 mil (24 140 kilometr)dan ortiq masofani havoda bosib o‘tishlari kerak. «Qizil  iblislar»  yurishni Osloda «Lids»ga qarshi o‘yin bilan boshlashadi,  keyin Atlantika  okeani bo‘ylab parvozdan oldin Edinburgda to‘xtashadi («Lion» bilan bahs uchun). Erik ten Xag jamoasi AQSHda «Arsenal», «Reksem», «Real» va «Borussiya» D. bilan kuch sinashadi. Turnega esa Dublinda «Atletik»ka qarshi uchrashuv bilan nuqta qo‘yiladi.

APLning atigi 3ta klubi xorij safariga chiqmaydi va yangi mavsumga qaratilgan tayyorgarlik jarayonini Angliyaning o‘zida olib boradi. Yana 3ta jamoa esa Yevropadan tashqariga uchmaydi. Shuni hisobga olsak, parvozlar borasida jiddiy nomutanosiblik bor. Qolaversa, uzundan-uzun parvozlar va o‘ta yuqori ish hajmi mavsum boshida natijalarga yaxshigina ta’sir qilishi mumkin.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 17:01, 09.07.2023.
O'qildi: 1817 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.