Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya 4-3 Real Madrid
15/04 23:59 Arsenal 0-0 Sporting
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

Ronaldu yana bir portugaliyalik futbolchini "An-Nasr"ga o‘tishga ko‘ndirdi

Ronaldu yana bir portugaliyalik futbolchini "An-Nasr"ga o‘tishga ko‘ndirdi

Baho:
+1 | -

Krishtianu Ronaldu "Portu" yarim himoyachisi Otavioni "An-Nasr"ga o‘tishga ishontirdi.

Avvalroq, Ronaldu to‘p tepayotgan Saudiya klubi Otavio uchun 40 million yevrodan kam pul taklif qilgani, "Portu" esa 60 million yevro talab qilayotgani xabar qilingandi.

A Bola xabariga ko‘ra, riyodliklar Otavioga soliqlar to‘langanidan keyin yiliga 13,5 million yevro taklif qilishga tayyor. Turli bonuslarni hisobga olsak, bu summa yiliga 15 million yevrogacha ko‘tarilishi mumkin - bu "Portu"dagi futbolchining maoshidan besh baravar ko‘p. 28 yoshli yarim himoyachi taklifni qabul qilishga intilmoqda.

Ronaldu ham terma jamoadoshini “An-Nasr”ga o‘tkazishga qiziqmoqda. Portugaliya sardori Otavioni Saudiya klubiga o‘tishga ko‘ndirish uchun qo‘ng‘iroq qildi.

Qayd etilishicha, bonuslar va hamjihatlik to‘lovlarini hisobga olgan holda "Portu" Otavioni hozir sotsa, bor-yo‘g‘i 27 million yevro oladi, chunki 15 iyulga qadar uning shartnomasi bo‘yicha 40 million yevrolik tovon puli bor. Bu sanadan keyin summa 60 millionga ko‘tariladi, biroq "An-Nasr" imkon qadar tezroq shartnomani yopishni istaydi.

O‘tgan mavsumda Otavio chempionatning 27ta uchrashuvida 5ta gol urdi va 7ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 10:42, 10.07.2023.
O'qildi: 5984 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик