Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 00:00 Niderlandiya 2-1 Turkiya
07/07 03:00 Kolumbiya 5-0 Panama
07/07 06:00 Urugvay 0-0 Braziliya

Yuqori cho‘qqiga erishgan eng keksa murabbiylar!

Yuqori cho‘qqiga erishgan eng keksa murabbiylar!

Baho:
+ | -

75 yoshli Roy Xojson "Kristal Pelas" bilan shartnomasini uzaytirdi. Demak, Angliya futboli darg‘asi jahonning kuchli ligalaridan birida ishlashda davom etadi. Ammo Xojson yagona super faxriy emas.

Quyida eng keksa murabbiylar haqida so‘z yuritamiz.

Birinchi o‘rinda - 77 yoshli Mircha Luchesku, u Kiyevning "Dinamo" klubi bilan shartnoma tuzgan, ammo so‘nggi paytlarda ishlagani yo‘q - koksartroz (son bo‘g‘imining degenerativ kasalligi) tufayli ruminiyalik operasiyaga muhtoj edi. Uning o‘rnini yordamchisi Aleksandr Shovkovskiy egalladi.

• Roy Xojson mart oyida "Kristal Pelas" boshqaruviga kirishdi, klubni quyi ligaga tushib qolishdan qutqardi va yangi mavsum uchun shartnomasini uzaytirdi. Qiziqarli fakt: Xojson "Santyago Bernabeu" stadionidan 127 kunga katta.

• Yuqori ligalarda Xojsondan tashqari yana ikkita faxriy bo‘ladi: Klaudio Ranyeri ("Kalyari" bilan A Seriyaga ko‘tarildi) va Laslo Boloni ("Mes"ni Liga 1ga olib chiqdi). Shenol Gunesh ham ajralib turadi: “Beshiktosh” bilan u Turkiya chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi va Konferensiyalar ligasiga yo‘llanma oldi.

• Birdaniga uchta xalqaro murabbiy: Karlush Keyrush JCH-22dan keyin Qatarni boshqardi, Gernot Ror ikki yildan beri "Benin"ni boshqarib kelmoqda, Aage Xareyde aprel oyida Islandiyani qabul qilib oldi.

• Hozir ishsiz qolganlar orasida portugaliyalik yetakchi Jezualdo Ferreyra, buyuk urugvaylik Oskar Tabares va "Lasio"ning sobiq bosh murabbiyi Edoardo Reya ajralib turadi. Agar ular shu paytgacha ishlaganida, Xojsondan ham balandroq martabaga ega bo‘lardi.

Premyer-ligada-chi?

• Roydan keyin ikkinchi o‘rinda Devid Moyes. U 60 yoshda va yaqinda "Vest Xem" bilan faoliyatidagi ikkinchi sovrin - Konferensiyalar ligasini qo‘lga kiritdi. "Bunga ishongim kelmayapti. Yo‘q, men unchalik yosh emasman, — deb kuldi Devid. - Men hali ham o‘zimni yaxshi his qilyapman. Balki futbol yoshlar uchun o‘yindir, ammo tajribali murabbiylar uchun ham joy bor", – dedi Moyes.

• “Tottenxem”ning yangi bosh murabbiyi, 57 yoshli Anje Postekoglu cho‘qqigacha uzoq yo‘l bosib o‘tdi. Uning ortida "bo‘rilar" ustozi Xulen Lopetegi va Yurgen Klopp turibdi - ularning har biri 56 yoshda. Nemisning o‘zi "Liverpul"da deyarli 8 yil ishlagani ham ajoyib hol.

• Ligadagi eng yosh murabbiy - Vensan Kompani. U 37 yoshu 2 oy 25 kunligida "Byornli"ni APLga ko‘tardi.

Dunyodagi eng keksa murabbiy 87 yoshda

Larri Barilli bilan tanishing. Hech qachon professional darajada o‘ynamagan, ammo Shotlandiya havaskorlar futbol assosiasiyasining ta’kidlashicha, Larri 2000 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan.

U 70 yildan beri murabbiylik qiladi. Bu vaqt ichida u Grinok shahrida yettita jamoada ishlagan, kasallik tufayli bor-yo‘g‘i yettita o‘yinni o‘tkazib yuborgan. Barilli qirolicha Yelizaveta II taxtga kirgan va Iosif Stalin vafot etgan 1953 yildan beri bu ish bilan shug‘ullanadi. 2019 yil sentyabr oyida Barilli futbol rivojidagi xizmatlari uchun Shotlandiya futbol assosiasiyasidan mukofot oldi.

Kiritildi: 15:59, 10.07.2023.
O'qildi: 1009 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.