Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

"Yuventus" Pogbaning narxini ma’lum qildi

"Yuventus" Pogbaning narxini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

"Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogba yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, Pogbaning xizmatlariga Saudiyaning "Al-Ittihod" klubi qiziqmoqda.

"Keksa sinyora" o‘z navbatida futbolchi uchun 10 million yevro taklif qilinsa, u bilan xayrlashishga tayyorligini bildirdi. Futbolchining turinliklar bilan shartnomasi 2026 yil o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning narxini 15 million yevroga baholamoqda.

Avvalroq Pogba Saudiya Arabistonida yiliga 100 million yevro olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Pol o‘tgan yozda "Yuventus"ga qaytgan edi. Italiya chempionatining so‘nggi mavsumida yarim himoyachi jarohat tufayli oltita o‘yinda maydonga tushdi.

Kiritildi: 15:29, 11.07.2023.
O'qildi: 1536 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.