2018 yilgi mundialda porlagach, "MYU" Xarri Maguayrga qiziqib qoladi. 2019 yilning yozida Angliya terma jamoasi a’zosi 80 million evaziga "Lester"dan "qizil iblislar" safiga yo‘l olgan edi. O‘sha davrdagi bosh murabbiy Ole Gunar Sulsher davrida Maguayr jamoa sardori qilib tayinlanadi. Dastlabki yillar yaxshi o‘tdi. Ammo 2021 yildan boshlab klub natijalari yomonlasha boshladi. Yomon natijalar fonida Maguayrning himoyadagi xatolari yaqqol ko‘rinib qoldi. Oradan ikki yil o‘tib, shu kunlarda himoyachi o‘ziga yangi klub topishi kerakligi oydinlashdi. Uning ketishi jamoaga yangi sardor tayinlashni talab etadi. Quyida "MYU"ning yangi sardori bo‘lish uchun da’vogarlar haqida so‘z boradi.
5. Rafayel Varan
Varan o‘z yetakchiligini amalda isbotlaydigan himoyachilar sirasiga kiradi. 30 yoshli futbolchi deyarli 10 yildan beri klub va mamlakat miqyosida yuqori daraja ko‘rsatib kelmoqda. U nima uchun sardori bo‘lishi kerak degan savolga javob tayyor: Varan to‘rt marta YECHL, uch marotaba La-liga g‘olibi va Jahon chempioni sanaladi. Shunday ekan, fransuz futbolchisidan yaxshi sardor chiqadi.
4. Lisandro Martines
"Manchester Yunayted"ga kelganiga endigina bir yil bo‘lganiga qaramay, Martines klub muxlislarining yoqimtoyiga aylandi. U o‘zining tajovuzkor o‘yini va mag‘lubiyatni yomon ko‘rishi bilan ajralib turadi. Argentina terma jamoasi a’zosi ham mundial g‘olibiga aylangan edi. 25 yoshli futbolchi ten Xag jamoasida bundan oldin 4 yil harakat qilgan. Shunday ekan, Lisandro sardorlik uchun da’vo qila oladi.
3. Markus Reshford
O‘z to‘puraringni sardor qilib saylash o‘ta oson, ammo ayni paytda ma’suliyatli ishdir. Buni o‘ziga yarasha yaxshi va yomon tomonlari bor. Yaxshi tomonini Ronaldu va Messi o‘z terma jamoalaridan namoyish etgan. Yomoni esa ayrim futbolchilar bo‘yniga mas’uliyat olganida, o‘z darajasini ushlab qola olmaydi. Klub akademiyasidan chiqqan Reshford borasida, shu sababdan o‘ylab ko‘rish kerak. Hujumchi o‘tgan mavsumda 30 ta golga mualliflik qilgandi.
2. Kazemiro
Juda kam "MYU" muxlislari, agar ular mavjud bo‘lsa, Kazemiro sardor qilib tayinlanishidan norozi bo‘lgan bo‘lardi. Varan kabi u ham faoliyatida ko‘p titul yutgan. Yarim himoyachi o‘z xarakteri bilan jamoani ergashtira oladi. Kazemiro "Real"dan kelishi bilanoq, "MYU"da muhim figuraga aylangan edi. Ko‘pchilik uni o‘tmishdagi Roy Kinga qiyoslashadi.
1. Brunu Fernandesh
Fernandesh o‘tgan mavsumda "MYU"ni kubok finaliga olib chiqishda muhim vazifani bajargan edi. Portugaliyalik mavsum davomida Maguayrning o‘rniga sardorlik qildi. Pleymeyker "qizil iblislar" safida Ronaldu kabi yoshligida kelib, haqiqiy yektachi bo‘lib shakllandi. Shu sababli Brunu Fernandesh ko‘pchilik muxlislar tomonidan sardorlikka eng munosib deb qaraladi. Erik ten Xag bu borada qanday o‘ylayotganini esa tez orada bilib olamiz.
ISMATOV J.