Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

"Inter" yana Lukaku uchun taklif bilan chiqdi

"Inter" yana Lukaku uchun taklif bilan chiqdi

Baho:
+ | -

"Inter" Romelu Lukaku borasida "Chelsi"ga yangi taklif bilan chiqdi.

Insayder Fabrisio Romanoning yozishicha, “neradzurrilar” belgiyalik hujumchi uchun 30 million yevro taklif qilgan. Bu "Inter"ning Lukaku bo‘yicha ikkinchi taklifi - avvalroq "Chelsi" belgiyalik futbolchini 25 million yevroga sotmagani xabar qilingandi. Klublar yaqin soatlarda muzokara olib borishadi.

Xabar qilinishicha, "Chelsi" Lukaku uchun kamida 40 million yevro talab qilmoqda - hozircha bu summani faqat Saudiyaning "Al-Hilol"i to‘lashga tayyor. Biroq, insayderning fikricha, saudiyaliklarning hujumchi bilan shartnoma imzolash imkoniyati kam, chunki u faoliyatini Yevropada davom ettirmoqchi.

2022/23 yilgi mavsumda Lukaku “Inter” safida ijara asosida o‘ynagan. Hujumchi A Seriyada 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 10:29, 13.07.2023.
O'qildi: 1449 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.