Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Axtam Nazarov: "Andijon" juda yaxshi jamoa, ikkinchi davrada jadvalda yanada mustahkam o‘rin egallaydi"

Axtam Nazarov: "Andijon" juda yaxshi jamoa, ikkinchi davrada jadvalda yanada mustahkam o‘rin egallaydi"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yaqinda “Andijon” jamoasini tojikistonlik futbolchi Axtam Nazarov tark etgani xususida xabar berib o‘tgandik.

Aytish mumkinki, Nazarov jamoa uchun yordam berishni xohladi va bunga intildi. Lekin oila va farzandlarning salomatligi hamma narsadan ustun turadi.

Tojikiston terma jamoasi sardori esa yuqoridagi sabab tufayli xayrlashishiga to‘g‘ri kelganini bilasiz.

Axtam esa avvalo “Andijon”dagi yarim yillik faoliyati haqida shunday dedi:

“Aytmoqchimanki hammasi yomon bo‘lmadi va shahar go‘zal, odamlari mehribon. “Andijon” klubining o‘zi umuman juda yaxshi jamoa, maqsadi bor va buni birinchi davra ko‘rsatdi. Albatta, jamoani kuzatib boraman. Menimcha, ikkinchi davrada jamoa jadvalda yanada mustahkam o‘rin egallaydi".

Umuman olganda, uning uchun klubni tark etish qanday kechdi? Chunki ba’zida jamoasi bilan xayrlashish o‘yinchiga og‘ir kechadi.

“Aslida bu klubdan ketishni istamagandim. Lekin sharoit bunga imkon bermadi. Afsuski, men qaror qabul qilishim kerak edi va biz klub rahbariyati bilan gaplashib, shunday qarorga keldik. Jamoaning murabbiylariga, futbolchilariga va barcha xodimlariga rahmat aytmoqchiman. Biz har doim birga bo‘ldik. Klub bosh direktori Ulug‘bek Mirzayevga meni to‘g‘ri tushunganligi, professionalligi va qo‘llab-quvvatlaganligi uchun alohida rahmat aytaman. Barcha muvaffaqiyatlar va rejalar amalga oshishini tilayman”.

Shu o‘rinda tojikistonlik futbolchi “Andijon”da ko‘proq nima yoqqani va esda qolarli holatlar xususida ham to‘xtalib o‘tdi.

“Menga juda ko‘p narsa yoqdi. Eslash kerak bo‘lgan narsa bor va eng esda qolarlisi - bu "Nasaf"ga qarshi uchrashuv. Umuman, barcha o‘tgan o‘yinlar o‘zgacha taassurotlar qoldirdi, menimcha jamoa hozir munosib o‘rinda”, - deydi Nazarov.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 17:02, 13.07.2023.
O'qildi: 1163 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик