Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/11 00:45 Inter 1-0 Venetsiya
04/11 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Betis
04/11 19:00 Al-Vasl 1-1 As-Sadd
04/11 21:00 Al-Ahli (SA) 5-1 Ash-Shorta
04/11 21:00 Persepolis 1-1 Al-G‘arafa
04/11 22:30 Empoli 1-0 Komo
04/11 22:30 Parma 0-1 Jenoa
04/11 23:00 Al-Hilol 3-0 Istiqlol
05/11 00:45 Lasio 2-1 Kalyari
05/11 01:00 Selta 1-0 Xetafe
05/11 01:00 Fulhem 2-1 Brentford
05/11 13:00 Sentrel Kost 2-2 Shanghai Shenhua
05/11 15:00 Kavasaki Frontale 3-1 Shangxay Port
05/11 15:00 Vissel Kobe 2-0 Kvangju
05/11 17:00 Johor Dorul Ta'zim 3-0 Ulsan Xyonde
05/11 19:00 Paxtakor 0-1 Ar-Rayyan
05/11 23:00 An-Nasr (SA) - Al-Ayn

Giyohvandlikka ruju qo‘ygani, axloqsizlikda ayblangani, hayotidagi katta burilish nuqtasi – Dele dardi

Giyohvandlikka ruju qo‘ygani, axloqsizlikda ayblangani, hayotidagi katta burilish nuqtasi – Dele dardi

Baho:
+ | -

Bir necha yil davomida faoliyati muvaffaqiyatsiz kechgan Dele Alli Gari Nevill bilan suhbatga keldi. Yaqinda Angliyaning asosiy yosh iste’dodi psixologik muammolar bilan kurash haqida gapirdi va bolalikdagi hayratlanarli voqealarni aytib berdi.

Dele uyqu tabletkalariga qaram bo‘lib, reabilitasiya markazida undan xalos bo‘lgan

“Menimcha, odamlarga nima bo‘layotganini aytish vaqti keldi. Bu haqda gapirish qiyin, chunki bularning barchasi yaqinda sodir bo‘lgan. Men uni uzoq vaqt yashirdim. Men bu haqda gapirishdan qo‘rqaman, lekin men buni qilsam, to‘g‘ri deb o‘ylayman. Men uyqu tabletkalariga qaram bo‘lib qoldim. Bu muammo faqat meniki emas. Futbolda buni siz tasavvur qilganingizdan ham ko‘proq odamlar boshdan kechirishadi. Turkiyadan qaytganimda ["Beshiktosh"dagi ijaradan so‘ng] operasiya qilinishim kerakligini bildim. Men yomon ruhiy holatda edim. O‘shanda zamonaviy reabilitasiya markaziga borishga qaror qildim, u yerda doktorlar giyohvandlik, ruhiy salomatlik muammolari va [psixologik] jarohati bo‘lgan bemorlarga yordam berishadi. Buning vaqti kelganini his qildim. Hech kim sizga u yerga borish kerakligini aytolmaydi. Bu qarorni faqat o‘zingiz qabul qilishingiz mumkin.

Har kuni ertalab uyg‘onib, tabassum bilan mashq qilish uchun kurashda g‘alaba qozondim. Baxtli ekanligimni ko‘rsatishim kerak edi. Ammo ichimdagi jangda mag‘lub bo‘ldim. Biror narsani o‘zgartirish vaqti keldi. Ular menga operasiyaga yotishim kerakligini aytishganida, xuddi shunday his-tuyg‘ularni his qildim, shuning uchun men olti hafta davomida u yerga [reabilitasiya markaziga] bordim. "Everton" ahli o‘zini ajoyib tutdi va meni qo‘llab-quvvatladi. Men har doim klubdan minnatdorman. Ular juda ochiq va halol edilar, vaziyatga hamdard edilar. Hayotimdagi eng muhim qarorni qabul qilayotgan bir paytda men ko‘proq narsani so‘ray olmadim. Qo‘rqqan ishimni qildim va men buni qilganimdan xursandman. Bularning barchasi sir tutiladi odatda, odamlar operasiyaga borishni xohlamaydilar. Reabilitasiya markaziga borish dahshatli tuyuladi. Lekin bu menga qancha foyda berganini tasavvur qila olmasdim, chunki yomon ahvolda edim. Yoshligimda men bilan ko‘p yomon narsalar sodir bo‘lgan va buni tushunolmasdim. Ahmoqona ishlarni qilganman. Bularning barchasi hech qachon mening nazoratim ostida bo‘lmagan. O‘zimni vaqtida anglash menga yordam berdi. Meni oldinga siljishimga xalaqit beradigan yomon his-tuyg‘ulardan nihoyat xalos bo‘ldim", – deya xo‘rsinib eslaydi Alli.

Bolaligida Deleni ta’qib qilishgan, va giyohvand moddalarni sotishga majburlashgan

“To‘g‘risini aytsam, bolaligim haqida ko‘p gapirmaganman. Men sizga umumiy tushuncha beradigan bir nechta epizodlarni sanab o‘tishim mumkin. Olti yoshligimda onamning do‘sti menga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qildi. U uyimizga tez-tez tashrif buyurardi. Onam ichkilikka ruju qo‘ygandi... Kechirasiz. Bu mening olti yoshimda sodir bo‘ldi. Keyin meni intizomni o‘rganishim uchun Afrikaga yuborishdi. Yetti yoshimda chekishni boshladim, sakkiz yoshimda noqonuniy giyohvand moddalar savdosini boshladim. Voyaga yetgan bir kishi menga polisiya velosiped minadigan bolalarni to‘xtatmasligini yoki tekshirmasligini aytdi. Shundan so‘ng, futbolkamning tagida giyohvand moddalarni olib yurdim. 11 yoshimda meni ko‘prikdan osib qo‘yishdi. Qo‘shni yigit bu ishni qildi. 12 yoshimda asrab olinganman. Meni ajoyib oila asrab oldi. Ular menga juda ko‘p yordam berishdi va hayotim shu paytdan boshlab o‘zgardi".

Dele "Tottenxem"dagi faoliyatini yakunlash haqida o‘ylagan

Biror narsa noto‘g‘ri ketayotganligini birinchi marta qachon his qildingiz? 2015, 2016 yillarni eslayman: siz uzoq vaqt davomida eng yaxshi ingliz iste’dodi edingiz. Qachon hamma narsa yomon ekanligini his qildingiz?

"Aniq bir lahzani ajratib ko‘rsatish qiyin. Eng achinarlisi, Mourinyo murabbiy bo‘lganida bo‘lsa kerak. Menimcha, o‘shanda 24 yoshda edim. Esimda: bir kuni ertalab uyg‘onib ketdim, mashg‘ulotlarga borishim kerak edi - u meni maydonga tushirishni to‘xtatgan payt edi va men yomon ahvolda edim. Ko‘zguga qaraganimni eslayman... Bilaman, bu dramatik eshitiladi, lekin men tom ma’noda ko‘zguga qarab: “Hozir 24 yoshdaman, nafaqaga chiqishim kerakmi? Men sevgan narsani qilishni to‘xtataymi? – deya yig‘laganman. Meni ranjitishdi, chunki 24 yoshimda menda shunday fikr bor ediki, men faoliyatimni yakunlamoqchi edim. Bu juda og‘riqli edi", – dedi futbolchi.

Dele Turkiyada ishonchsiz mavsum o‘tkazdi, "Beshiktosh" safida 15 ta uchrashuv davomida futbolchi 3 bor gol urdi. Alli jarohati tufayli fevral oyidan beri maydonga tushmadi - futbolchi mavsumning qolgan qismini psixologik tiklanishga bag‘ishladi. Dele hamon “Everton”ga tegishli. Barcha muammolarni yengib o‘tib, Alli faoliyatini qayta boshlashiga ishonish kerak.

Kiritildi: 09:23, 14.07.2023.
O'qildi: 3283 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.