Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 00:00 Atletiko 1-1 Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya 2-1 Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston 1-6 Argentina
30/09 21:00 As-Sadd 2-0 Istiqlol
30/09 21:00 Persepolis 1-1 Paxtakor
30/09 21:00 Al-Vasl 0-2 Al-Ahli (SA)
30/09 23:00 An-Nasr (SA) - Ar-Rayyan
30/09 23:45 Parma 2-3 Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal 3-1 Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut 3-1 Sautgempton

"Liverpul" Jordan Xenderson va Fabinyoni kimlar bilan almashtirishi mumkin?

"Liverpul" Jordan Xenderson va Fabinyoni kimlar bilan almashtirishi mumkin?

Baho:
+ | -

O‘tgan mavsum oxirida "Liverpul"ni ko‘plab futbolchilar tark etdi. Ular ichida ko‘pchiligi yarim himoyachi edi. Yana bir markaz vakili bo‘lgan Fabiu Karvalyu "Leypsig"ga ijaraga berildi. Jamoa ixtiyorida qolgan Jordan Xenderson va Fabinyoning kelajagi esa so‘roq ostida turibdi. Ular hozirda Saudiya Arabistonidan takliflarga ega. Xususan Xendersonga "Al-Ittifoq" qiziqish bildirgan bo‘lsa, Fabinyo "Al-Ittihod" radariga tushgan. Agar ular ketadigan bo‘lsa, Klopp jamoasiga yangi xarid qilingan Makallister va Soboslai yetarli bo‘lmaydi. Quyida "Liverpul" sotib olishi mumkin bo‘lgan yarim himoyachilar ro‘yxati keltiriladi.

Romeo Laviya
Yoshi: 19
Klubi: "Sautgempton"

Laviyani Chempionshipda qolishini istamayotgan klublar ko‘p. Shulardan biri "Liverpul" sanaladi. 19 yoshli futbolchining to‘psiz harakati va himoyalanishdagi qobilyati katta klublar e’tiborini tortgan edi. Ha, Laviya ancha yosh va g‘ӯr. Ammo uning APL uchun yaxshigina tajribasi mavjud. Baribir, Laviya Fabinyodek ishonchli futbolchining o‘rnini egallay olishiga ayrim shubhalar mavjud. Qolaversa, belgiyalikka qo‘yilgan narx ham ancha qimmat: 45 million funt.

Kefrem Tyuram
Yoshi: 22
Klubi: "Nissa"

Tyuram avvaliga "Nissa"da qolish niyatini bildirgan edi. Ammo bosh murabbiyning almashishi, hammasini o‘zgartirdi. Yarim himoyachi uchun keladigan takliflar ko‘rib chiqila boshlangan. Fransiyalik futbolchi Xenderson o‘rniga ajoyib o‘rinbosar bo‘lgan bo‘lardi. Kloppga Tyuram turidagi futbolchilar yoqadi.

Ibraim Sangare
Yoshi: 25
Klubi: "PSV"

Sangare transferi mersisaydliklar uchun oson bo‘lmaydi. Negaki, u uchun hozirda "Nottingem" eng asosiy da’vogar sanaladi. Sangare o‘z jamoasi bilan o‘tgan yozda 5 yillik yangi bitim tuzgandi. Shu sababli uni sotib olish oson kechmaydi. "PSV"dagi murabbiy almashinuvi Sangare transferini haqiqatga yaqin ishga aylantirdi. Yarim himoyachining o‘zi APLga ko‘chishga qarshi bo‘lmaydi.

Orelyen Tchuameni
Yoshi: 23
Klubi: "Real"

2022 yilgi YECHL finalini ko‘rib, futbolchi "Real"ga o‘tishni ma’qul ko‘radi. Tchuameniga bir yil oldin "Liverpul" va "Real" da’vogarlik qilayotgan edi. Ilk mavsumni fransuz yarim himoyachisi yomon o‘tkazmadi. Ammo yaqindagina Bellingemni olib kelgan "qirollik klubi"ga Orelyen ortiq kerak bo‘lmasligi mumkin.

Manu Kone
Yoshi: 22
Klubi: "Borussiya Myunxengladbax"

Kone o‘z jamoasida asosiy tarkib vakili sanaladi. Fransiya yoshlar terma jamoasi a’zosi o‘zi haqida shunday degandi: "Meni kelajak o‘yinchisi deyishlari mumkindir. Ammo men o‘zimni ortiq yosh va tajribasiz deb bilmayman. Futbolda ozmi-ko‘pmi, tajribaga ega bo‘ldim".
Bundesliga yulduzi o‘zi haqida aytgan gaplarni maydonda isbotlab kelmoqda. U o‘tgan mavsumda Germaniyadagi eng ko‘p qo‘pollikka uchragan futbolchiga aylangandi. Kone bilan bemalol Fabinyoning o‘rnini to‘ldirish mumkin bo‘ladi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 21:37, 14.07.2023.
O'qildi: 3749 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.