Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 20:00 Argentina 2-0 Xorvatiya
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl - Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe - Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor - Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

Dominik Soboslai: «Maydonning bu boshidan u boshigacha o‘ynay oladigan futbolchiman»

Dominik Soboslai: «Maydonning bu boshidan u boshigacha o‘ynay oladigan futbolchiman»

Baho:
+ | -

2 iyul kuni «Liverpul» Germaniya Bundesligasi vakili «RB Leypsig»ning vengriyalik yarim himoyachisi Dominik Soboslai transferini e’lon qildi.

 22 yoshli iqtidorli hujumkor yarim himoyachi mersisaydliklarga 70 million yevroga tushgani va u bilan 5 yillik shartnoma imzolangani ma’lum bo‘ldi. Endilikda «qizillar» afsonasi Stiven Jerardga tegishli bo‘lgan 8-raqamda o‘ynaydigan Dominik yangi klubi rasmiy veb-saytiga birinchi intervyusini berdi. Leypsigda o‘tkazgan ikki yarim yil ichida yarim himoyachi 91ta o‘yinda ishtirok etib, 20ta gol urdi va 22ta assistni rasmiylashtirdi.

- Dominik, Liverpulga xush kelibsiz. Hissiyotlar qanday?

- Rahmat. Hammasi yaxshi. So‘nggi bir necha kun printsipial jihatdan juda yaxshi o‘tdi va men hamma bilan tanishishni orziqib kutyapman.

- So‘nggi kunlar qanday o‘tganini batafsilroq aytib bering...

- Oxirgi uch-to‘rt kun juda uzoq davom etdi! Lekin men shu yerdaman, baxtliman va ishga kirishishni sabrsizlik bilan kutmoqdaman.

- Ilk taassurotlar qanday?

- Bu yerdagi hamma narsa yoqdi. «RB Zalsburg»da ham, «RB Leypsig»da ham hamma narsa menga yoqardi, lekin bu yerda juda zo‘r ekan.

- «Liverpul» qiziqishini ilk marta eshitganingizdagi holatingizni tasvirlab bering.

- Qiyin savol! Ha, xursand bo‘ldim, lekin xotirjam bo‘lishga harakat qildim va juda erta quvonishga berilmadim. Yurgen Kloppning qo‘ng‘irog‘idan keyingina ochiqcha xursandchilik qildim. Umuman olganda, ha, hammasi ideal edi.

- «Liverpul»ga o‘tish - to‘g‘ri qarorligiga nimani sabab qilib ko‘rsatasiz?

- Bu klubning o‘z tarixi bor. Qolaversa, jamoada top-futbolchilar, top-murabbiy ishlashadi, hammasi a’lo dajarada. Shubhasiz, bu men uchun ideal oldinga qadam edi. Muxlislar, stadion - barchasi eng yuqori darajada.

- Qaroringizda Yurgen Klopp shaxsiyatining qanchalik ta’siri bor?

- 2020 yilda men uni dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan biri, deb hisoblashimni aytgandim. Uning maydon chetida o‘zini tutishi, ya’ni xuddi o‘z jamoasi bilan o‘yinga kirmoqchi bo‘lgandek - menga juda yoqadi. Shuningdek, uning klub bilan qanday ishlagani, nimalarga erishganidan hayratda qolganman. Hozir u bilan ishlashni orziqib kutyapman.

- Bu transferga muxlislar reaksiyasini ko‘rishga muvaffaq bo‘ldingizmi?

- Ha, telefonim tom ma’noda yorilib ketdi! Men ularning ko‘z oldida - «Enfild»da o‘ynashni juda-juda xohlayapman.

- «Liverpul»da o‘zingizni qaysi pozisiyada ko‘ryapsiz?

- Rostini aytsam, bu men uchun muhim emas - shunchaki maydonda bo‘lishni xohlayman. Ammo, albatta, har bir o‘yinchi o‘z pozisiyasiga ega. Men hujumkor yarim himoyachi, qanot hujumchisi va vinger sifatida o‘ynashim mumkin. Lekin o‘zim uchun asosiy narsa qayerda bo‘lishidan qat’i nazar o‘ynashdir.

- O‘yiningizni qanday tasvirlagan bo‘lardingiz?

- Maydonning bu boshidan u boshigacha o‘ynay oladigan futbolchiman. Men tezkor futbolchiman, lekin bu jamoada eng tezkori bo‘lolmayman! Shuningdek, zarbalarim ham yomon emas.

- 2019 yildagi «Enfild»­dagi o‘yinni eslaysizmi?

- Ha, lekin hissiyotlar yoqimli emasdi, chunki biz 3:4 hisobida yutqazgandik. Men odatda o‘yindan oldin hech qachon asabiylashmayman, lekin o‘sha paytda shunday bo‘ldi. Albatta, buning sababi bizning foydamizga bo‘lmasa-da stadiondagi atmosferadir. Mezbonlar muxlislari shunchaki aql bovar qilmas darajada edi. Endi bularning barchasini o‘z ko‘zim bilan ko‘rish imkoniyatiga egaman.

- «Liverpul» uchun ramziy bo‘lgan 8-raqamni tanladingiz. Ushbu tanlovning sababi nima?

- Alohida sabab yo‘q, lekin, albatta, bu katta raqam, ko‘plab buyuk o‘yinchilar o‘nashgan. Bundan tashqari, menda Jerrardning iqtibosli tatuirovkasi bor - tanlovimga shu ham ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin. Bolaligimda, rostini aytsam, futbolning ashaddiy muxlisi bo‘lmaganman, televizorda ham ko‘pam tomosha qilmasdim, lekin Chempionlar Ligasi o‘yinlarini o‘tkazib yubormaslikka harakat qildim: «Liverpul»ga ham, o‘sha davrning eng zo‘r o‘yinchilaridan biri - Jerrardga ham muxlislik qilardim.

- «RB Leypsig» va «RB Zalsburg» bilan bir qator kubok va chempionlik unvonlarini qo‘lga kiritdingiz. «Liverpul»da ham xuddi shunday qilishga umid qilyapsizmi?

- Ha, albatta. Professional faoliyatimni boshlaganimdan beri har yili nimadir yutdim. Shunday ekan, nima uchun buni davom ettirmasligim kerak?

- Muxlislarga nima demoqchisiz?

- Siz bilan stadionda uchrashishni sabrsizlik bilan kutaman va Sizlarni xursand qilish uchun maydonda qo‘limdan kelganini qilaman.

- Va nihoyat, sizni «Sobo» deb chaqirsak, qarshi bo‘lmassiz?

- Menga farqi yo‘q! Har bir murabbiy meni o‘zicha chaqirdi. Jamoadoshlarim ham. Shunday ekan, yigitlar, xohlaganingizcha chaqiring, muammo yo‘q!

 MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:05, 14.07.2023.
O'qildi: 1865 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.