Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real"ga 4 ta gol urgan futbolchi Rimga yo‘l oladi

"Real"ga 4 ta gol urgan futbolchi Rimga yo‘l oladi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

"Lasio" "Nyu-York Siti" bilan hujumchi Tati Kastelyanosni sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi, deya xabar beradi insayder Fabrisio Romano. U ijara asosida "Jirona"da o‘ynaydi. 

Manbaga ko‘ra, rimliklar 24 yoshli argentinalik uchun 15 million yevro to‘laydilar. Qayd etilishicha, futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari kelishib olindi. Keyingi haftaga tibbiy ko‘rik rejalashtirilgan.

Kastelyanos o‘tgan mavsumda "Jirona" safida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. La Liganing bir o‘yinida u "Real Madrid"ga qarshi (4:2) poker qayd etganini ham qayd etamiz.

Kiritildi: 12:27, 15.07.2023.
O'qildi: 4901 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.