Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Artyom Potapov: «Menga tezlik va emosiyalarga boy O‘zbekiston chempionati yoqadi»

Artyom Potapov: «Menga tezlik va emosiyalarga boy O‘zbekiston chempionati yoqadi»

Baho:
+ | -

«Surxon» futbol klubi rossiyalik darvozaboni Artyom Potapov "«Surxon»daryo futboli" telegram kanaliga intervyu berdi.

— «Surxon»ga kelguncha O‘zbekiston va uning futboli haqida xabardormingiz?
— Avval O‘zbekiston haqida do‘stlarim va futboldagi hamkasblarimdan eshitganman. Aniqroq aytsam, mamlakat chempionati, uning darajasi, sifatli futbol maydonlari, stadionlar, translyasiya va muxlislarning o‘yinga tashrifi haqida. Shuningdek, Toshkent haqida bilardim. Bu yaxshi va tez rivojlanayotgan shahar.

— «Surxon» klubiga taklif kimdan chiqqan?
— Mening agentim telefon qilib, menga «Surxon» variantini taklif qildi . Qaror qabul qilishimga uzoq vaqt ketmadi. Birinchi navbatda klub yosh va iqtidorli yoshlarga e’tibor qaratayotgan proyekti menga yoqdi. Va chempionatda katta maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan. Yana aytib o‘tganimdek yaxshi sifatdagi futbol maydonlari, bu muhim ahamiyatga ega.

— Bilamizki, siz turli yoshdagi Rossiya yoshlar terma jamoasida to‘p tepgansiz. Hozirgi vaqtda qaysi taniqli futbolchilar bilan doimiy aloqadasiz?
— Yodga olsak ko‘plab topiladi. Ulardan nomdorlari Aleksey Miranchuk, Roman Zobnin, Sasha Selixov. Ularning hammasi bilan aloqadaman, yozib turaman, qo‘ng‘iroqlashaman, lekin baribir ularning o‘zlarining o‘z hayoti, oilasi, farzandlari bor. Shuning uchun kamroq suhbatlashamiz.

— Bilamizki, «Surxon»da ichki muhit ajoyib, jamoada qaysi futbolchilar bilan do‘stona aloqadasiz?
— Ha bu haqiqat. Bizda jamoa ichida yaxshi munosabat hukm suradi. Jamoadagi bolalar mehnatsevar va yaxshi amaliyotga ega. Shuning uchun har doim maslahatlarga quloq solishadi va yuqori darajada harakat qilishib , bir-birini qo‘llashadi. Men hech birini ajratib ko‘rsata olmayman, hammasi bilan aloqamiz a’lo darajada.

— O‘zbekiston azaldan o‘zining milliy taomlari bilan mashhur, qaysi taom sizga ma’qul keldi?
— O‘zbekistonga kelgandan birinchi bo‘lib somsa ta’tib ko‘rdim. U judayam mazali, meni kabob hayratga soldi. Avvallari arman janobi eng mazali kabob deb o‘ylardim, bu yerdagi kabob menga ko‘proq yoqayapti.

— Muxlislar o‘zining sevimli futbolchilarini oilaviy sharoiti haqida qiziqadi.
— Mening oilam endi qurilayapti, yaqin orada uylanaman, shuning uchun oilaviy jihatdan hammasi oldinda. Ota-onam va qarindoshlarim Orenburgda yashashadi. O‘ylashimcha, ular yaqin orada O‘zbekistonga menikiga mehmonga kelishadi.

— «Surxon» futbol klubi kelajagi haqida fikringiz.
— Ishonchim komilki, bu borada butun murabbiyilar shtabi va jamoamiz a’zolari faqat oldinga boqishmoqda. Aytib o‘tganimdek, bu yerda harakatchan insonlar yig‘ilishgan va hammasi nimanidir isbotlashga qodir. Lekin voqealar rivojidan oldinga ketish shart emas, biz yosh jamoa va o‘yindan-o‘yinga olg‘a boramiz. Yaqin orada o‘yin bormi , biz uni yutishimiz kerak. Turnir jadvaldagi holatini esa kechki kuzga qoldiramiz.

— «Surxon» klubidagi yoshlar haqida, shu jumladan Asilbek Jumayev haqida fikringiz?
— Klubda kelajagi porloq yoshlar yig‘ilgan. Asilbek Super ligaga yaxshi kirib keldi. Unda rivojlanish va ajoyib futbolchi bo‘lib yetishishga hamma imkoniyatlar yetarli. Shungdek jamoada o‘sayotgan va rivojlanayotgan futbolchilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Umid qilamanki ularning hech biri erishgan natijasida to‘xtab qolmaydi.

— Mana bir necha yildirki «Surxon» uy o‘yinlarini safarda o‘tkazmoqda. Sizningcha, klub qachon «Surxon Arena»ga qaytadi?
— Yaxshi savol. Lekin aniq menga emas. Bilishimcha, Termizda stadion to‘liq rekonstruksiyadan chiqarilmoqda. Rejalar va muddat haqida bizga ma’lum emas. Albatta biz ham tezroq muxlislarimiz bilan to‘la stadionda to‘p tepishni hohlar edik.

— Siz bir necha mamlakatda o‘ynagansiz, o‘zbek futbolining ulardan farqi nimada?
— Farq doim bo‘ladi, ta’kidlaganidek mamlakat rahbariyati va sport vazirligi bu yerda futbol, stadion va maydonlarga e’tibor qaratganligi katta ahamiyat kasb etadi. Bolalar futboliga qiziqish va munosabat yaxshi. Mening qarashimcha, O‘zbekiston bu borada to‘g‘ri yo‘nalishda. Menga tezlik va emosiyalarga boy O‘zbekiston chempionati yoqadi. Har bir jamoada bir necha kuchli ijrochilar bor bo‘lgan raqobat bardosh chempionat.

— Artyom, klub bilan har doim issiqda ham, sovuqda ham birga bo‘ladigan «Surxon»ning ashaddiy muxlislari haqida suramoqchiman.
— Muxlislar super! Ular uchun hamma o‘yin chekka shaharlarda o‘tadi. Har bir o‘yinda ular biz bilan va bizni chin dildan qo‘llab-quvvatlaydi. Biz ulardan minnatdormiz va chiroyli o‘yin bilan ularni xursand qilishga harakat qilamiz.

— Jamoa muvaffaqiyati murabbiylarga bog‘liq, ular haqida fikringiz?
— Bizda murabbiylar shtabi jamoada katta rol o‘ynaydi. O‘yindagi vaziyatlardan tashqari, juda ko‘p nazariy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi, har bir futbolchiga individual yondashadilar.

— Siznngcha, birinchi davradan so‘ng jamoada o‘zgarishlar bo‘ladimi?
— O‘ylashimcha, o‘zgarishlar bo‘ladi. Bizda oldiga yuqori maqsad qo‘ygan jamoa, klubda hech kim erishilgan natijada to‘xtamaydi. Jamoadagi o‘zgarishlar esa agar biror narsaga erishmoqchi bo‘lsang, futboldagi normal holat.

— Aytingchi, o‘zbek tilini o‘rganayapsizmi?
— Ozgina bilaman. «Salom», «yaxshi», «rahmat» kabi oddiy so‘zlar, shuningdek o‘nga yaqin so‘zlarni bilaman.

— Bo‘sh vaqtingizda nima bilan shug‘ullanasiz?
— Bo‘sh vaqtim uncha ko‘p emas, ikki vaqtli amaliy mashg‘ulot va nazariy mashg‘ulot. Boshqa payt istirohat bog‘ida sayr, kino ko‘raman, kitob o‘qiyman, hammasi oddiy.

— O‘zbek futbolchilari haqida fikringiz, ularni kuzatib borasizmi?
— Men unchalik ham boshqa jamoalar o‘yinini kuzatmayman, bu meni kam qiziqtiradi. Faqat bo‘lajak raqiblarni o‘rganaman, kim nimaga qodir, qanday holatda. Men o‘zimizning bolalarni kuzatib boraman.

— Nimeli haqida.
— Bir so‘z bilan aytganda professional. Yaxshi va ikki kishining ishini qiladigan mehnatkash yigit.

— Davralar oralig‘ida qayerda dam olasiz, ota yurtga borasizmi? Vatan sog‘inchi deganidek.
— Bir necha yildirki xorijda to‘p suraman, bunga o‘rgandim. O‘ylashimcha, uyga qishki ta’tilda boraman, ota-onam kunlar salqinlashgach o‘zlari Toshkentga mehmonga kelishadi.

— «Surxon» muxlislariga tilaklaringiz.
— Bizda muxlislik qilishda davom etishsin, ularning qo‘llab-quvvatlashi bizni yanada chiroyli o‘ynashga chorlaydi. Surxonnig ashaddiy va jonkuyar muxlislari borligidan xursandman, biz futbolni ular uchun o‘ynaymiz.

— Artyom samimiy suhbat uchun rahmat, futbolchilik foaliyatingizga omad tilayman.

Manba: https://t.me/Surxontermiz23
Kiritildi: 23:55, 15.07.2023.
O'qildi: 2283 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.