Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona 2-1 Venetsiya
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas - Liverpul
05/10 17:00 Espanyol - Malyorka
05/10 18:00 Udineze - Lechche
05/10 19:00 Arsenal - Sautgempton
05/10 19:00 Brentford - Vulverhempton
05/10 19:00 Lester - Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem - Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti - Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:00 Atalanta - Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Eng qimmat ingliz futbolchilari haqida bilasizmi?

Eng qimmat ingliz futbolchilari haqida bilasizmi?

Baho:
+ | -

"Vest Xem" "Arsenal"ning ikkita taklifini rad etdi va uchinchi taklifi ularga ma’qul tushdi, garchi bu ro‘yxatda "Manchester Siti" va "Bavariya" bo‘lgan ersada, "kanonirlar" o‘zi xohlagan futbolchi bilan tezda shartnoma imzolay oldi. Raysning o‘zi "Arsenal"ga o‘tishga moyilroq edi.

"Arsenal" Deklan Rays uchun 100+5 million beradi. Klubda endi ajoyib yarim himoyachi bor. Biz quyida ingliz futbolchilari orasidagi eng qimmat transferlar reytingiga nazar solamiz. Bu yerda yangilanishlar mavjud. Ma’lumotlar Transfermarkt portali yordamida yig‘ilgan.

• 2023 yilning yozida uchta futbolchi birdaniga kuchli 10 talikka kirdi: Rays, Bellingem va Maunt. Ular Aron Van-Bissaka (55 million), Kayl Uoker (52,7 million) va Ben Chiluell (50,2 million)ni ro‘yxatdan chiqarib yubordi.

• Aytgancha, 2021 yilda ham uch nafar futbolchi o‘nlikdan joy olgandi – Grilish, Sancho hamda Uayt. 2021 yilgacha eng yaxshi o‘ntalik kamayish tartibida shunday ko‘rinish olgandi: Maguayr, Sterling, Stounz, Van-Bissaka, Uoker, Chiluell, Ferdinand, Kerroll, Oksleyd-CHemberlen, Drinkuoter.

• Juda uzoq yillar davomida Rio Ferdinand ingliz futbolchilari uchun eng qimmat transferlardan biri hisoblanardi - uning uchun 2002 yilda "Manchester Yunayted" "Lids"ga 46 million yevro bergan. Darhaqiqat, bu rekord Rahim Sterling tomonidan yangilangunga qadar 13 yil o‘tdi.

• Sterling bu borada ikki marta kuchli o‘ntalikka kirgan. 2010 yillar o‘rtalarida o‘sha shov-shuvli transfer esingizda bo‘lsa kerak, futbolchi “Liverpul”da Premyer-liganing ikki mavsumida 32 ochko to‘plagan va keyin 20 yoshida “Man Siti”ga ketgandi. U yerda futbolchi 18+15 natija qayd etgan 2017/18 mavsumida narxini ko‘tarib oldi, keyingi mavsum ham yomon bo‘lmagan - 17+13.

Ammo 2022 yilda Raxim "Chelsi" safiga kelib qo‘shildi, bu esa katta summani "Siti"ga yo‘naltirdi.

• 2011 yilda Fernando Torresning o‘rniga "Liverpul" "Nyukasl"dan shoshilinch ravishda Endi Kerrollni olib keldi va u top-20likdan joy olgan. O‘shanda Kerroll 41 million yevroga tushgan. Premyer-ligadagi 44 o‘yinda 6 ta gol unchalik yaxshi taassurot qoldirmadi va futbolchining o‘zi keyinroq shunday dedi: "Keyin men jarohat oldim va yangi mavsum uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tmaslikka qaror qildim. Vertolyotga o‘tirishim bilanoq orqaga qaytmoqchi ekanligimni angladim", – dedi Kerroll.

• Ingliz bo‘lmagan klubga sotilgan eng qimmat ingliz o‘yinchisi - Jud Bellingem. Aytgancha, u ham 30-o‘rinda – uch yil avval Birmingemdan “Borussiya”ga 30,15 million evaziga borgandi.

• Temmi Abraxam Premer-ligani tark etayotganda eng qimmat transferlardan biriga aylandi. 2021 yilda u 41 million evaziga "Chelsi"dan "Roma"ga o‘tdi va shu bilan birga u ikkita yevrokubok finalida o‘ynadi.

• Ferdinand bilan uzoq vaqt davomida kuchli uchlikka kirgan o‘tmishning super yulduzlari qayerda? 2003 yilda Devid Bekxem 37,5 millionga, bir yildan so‘ng esa Ueyn Runi “Manchester Yunayted”ga 37 millionga o‘tdi. Yillar o‘tib Denni Drinkuoter ulardan qimmatroq edi, masalan, “Chelsi” – 37,9 millionga uni xarid qilgan. Biroq u London klubi uchun Premyer-ligada atigi 12 ta o‘yin o‘tkazdi.

Kiritildi: 12:00, 16.07.2023.
O'qildi: 1689 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.