Kirish Ro'yxatdan o'tish

“Napoli” Kimning o‘rnini uning qit’adoshi bilan to‘ldirmoqchi edi, lekin...

“Napoli” Kimning o‘rnini uning qit’adoshi bilan to‘ldirmoqchi edi, lekin...

Baho:
+ | -

Italiyaning “Napoli” klubi koreyalik futbolchi Kim Min Je o‘rniga yaponiyalik Ko Itakurani xarid qila olmadi. Bu haqda Sky Germany xabar bermoqda.

Transferning muvaffaqiyatsiz bo‘lishiga Itakuraning bevosita rad javobi sabab bo‘ldi. Avvalroq Yaponiya terma jamoasi himoyachisi Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga o‘tishdan ham bosh tortgandi.

Manbaga ko‘ra, Ko Itakura o‘zining hozirgi jamoasi "Borussiya Myonxengladbax"ga ishonadi, unda yaxshi tarkib va ​​kuchli bosh murabbiy bor.

Eslatib o‘tamiz, 2022/23 yilgi mavsumda menxengladbaxerliklar Germaniya chempionati turnir jadvalida so‘nggi o‘ninchi o‘rinni egallashdi.

Kiritildi: 10:16, 17.07.2023.
O'qildi: 902 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.