Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton 1-0 Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl 2-1 Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma 2-2 Inter
19/09 21:30 Selta 5-0 Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest 0-1 Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya 0-2 Lasio
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum

Kechaning eng muhim transfer yangiliklari

Kechaning eng muhim transfer yangiliklari

Baho:
+ | -

Yozgi transfer oynasini kuzatishda davom etamiz. Kechagi kun ham qiziqarli mish-mishlar va e’lonlarga boy bo‘ldi. Ulardan eng qiziqarlilarini sizlarga havola etamiz.

“Fenerbaxche” kuchli yurish qildi

Turkiya klubi yozda transfer bozorining asosiy o‘yinchilaridan biri hisoblanadi. "Fener" Edin Jeko, Sebastyan Shimanski, Rayan Kent va boshqa bir qancha yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolagan bo‘lsa-da, bu bilan ham to‘xtab qolmadi.

Endi Dushan Tadich ham Turkiyada. 34 yoshli serb avvaliga "Ayaks"dan uni qo‘yib yuborishni so‘ragan, keyin esa erkin agent sifatida "Fenerbaxche"ga o‘tgan. Shartnoma ikki yilga tuzildi.

"Chelsi" yana bir yosh braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Bu safar London klubi safiga "Santos"dan 18 yoshli hujumchi Anjelo Gabriel kelib qo‘shildi. Istiqbolli futbolchi bilan 5 yillik shartnoma va transfer narxi 15 mln yevroni tashkil etadi.

“PSJ” o‘zining yosh yulduzini sotib oldi

Gap bir necha yillardan beri bo‘lajak superyulduz sifatida ko‘rilgan Xavi Simons haqida ketmoqda. Fabrisio Romanoning xabarlariga ko‘ra, Parij klubi qaytarib sotib olish variantini faollashtirgan va 20 yoshli yarim himoyachini PSVdan 6 million yevroga olgan.

Keynga nafaqat "Bavariya" da’vo qilmoqda

Ma’lum bo‘lishicha, "Tottenxem" va Angliya terma jamoasi yetakchisi "PSJ"ning qisqa ro‘yxatida bor. The Telegraph nashrining xabar berishicha, Parij hujum markazini bir necha o‘yinchi bilan kuchaytirmoqchi va bir nechta futbolchini ko‘rib chiqmoqda. Fransuz klubi prezidenti Nosir Al-Xelayfi “Tottenxem” bilan dastlabki muzokaralarni olib borgan va Keynga eng yaxshi taklifni ayta olishiga ishonchi komil. Shu bilan birga, 29 yoshli angliyalik futbolchining sotib olinishi Mbappe taqdiriga bog‘liq emas. Umuman olganda, endi qaror Keynning o‘zida.

“PSJ” “Yuventus” hujumchisi uchun 90 million yevro berishga tayyor

Va bu yerda Parij hujumini kuchaytirish uchun ikkinchi nomzod. Alfredo Pedullaning ta’kidlashicha, "PSJ" Dushan Vlahovich uchun bonuslarni hisobga olgan holda "Yuventus"ga 90 million yevro to‘lashga va 23 yoshli serbning o‘ziga yiliga 9 million yevrolik shartnoma taklif qilishga tayyor.

Keyn misolida bo‘lgani kabi, “PSJ” dastlabki muzokaralarni o‘tkazdi, ammo hozircha faqat Vlahovich atrofidagilar bilan. Hozircha rasmiy taklif bo‘lgani yo‘q. "Yuventus" kutishga tayyor, lekin uzoq vaqt emas, chunki "Chelsi" Turinda juda kutilayotgan Romelu Lukakudan tezroq qutulmoqchi.

"Manchester Yunayted" "Bavariya" yulduzini nishonga oldi

Leon Goreska kutilmaganda Angliyaga ketishi mumkin. "Manchester Yunayted" 28 yoshli germaniyalik yarimhimoyachiga jiddiy qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Sky Sport Germany, ammo raqobat bo‘lishi mumkin, chunki Yevropaning yana ikki yoki uchta top-klubi futbolchini qo‘lga kiritishni istaydi.

"Bavariya" agar 40-50 million yevrolik taklif tushsa, Goreskani qo‘yib yuborishga tayyor. Gap shundaki, jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel yarim himoyada Konrad Laymer va Joshua Kimmixdan foydalanmoqchi. Shu bilan birga, Goreska Myunxenni tark etishni istamayapti, ammo zaxira o‘rindig‘ida o‘tirsa, fikrini o‘zgartirishi ehtimoldan xoli emas.

"Barsa" hafta o‘rtasiga qadar uchta futbolchisini sotmoqchi

Kataloniyaliklarning rejasi haqida AS yozdi. Nashrning yozishicha, 19 iyul, chorshanba kunigacha “Barsa” yarimhimoyachi Frank Kessie, qanot himoyachisi Serjino Dest va markaziy himoyachi Kleman Langleni sotmoqchi. Shu bilan birga, hamma uchun talab bor: Kessi allaqachon "Yuventus" bilan muzokaralar olib bormoqda, Dest "Ayaks"ga qaytishi mumkin, Langle esa ijara asosida o‘ynagan "Tottenxem"ga.

"Chelsi" JCH-2022 yulduzi uchun kurashga qo‘shildi

Randal Kolo Muani Fransiya terma jamoasi bilan Qatardagi ajoyib o‘yinidan so‘ng top-klublar e’tiboriga tushdi. Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Ayntraxt"ning 24 yoshli hujumchisi Maurisio Pochettino bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyin o‘z o‘rnini tiklashni davom ettirayotgan "Chelsi" tomonidan nishonga olingan.

Kiritildi: 10:33, 17.07.2023.
O'qildi: 7427 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик