Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Suhrob Berdiyev: "Ravshan" ham yaxshi jamoa ekan"

Suhrob Berdiyev: "Ravshan" ham yaxshi jamoa ekan"

Baho:
+ | -

"Andijon"ning "Ravshan" klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng "Andijon" jamoasi a’zosi Suhrob Berdiyev ayrim savollarga javob berdi.

-  Suhrob, Kulobning “Ravshan” jamoasiga qarshi o‘yin sizda qanday taassurot qoldirdi?

-  Shiddatli o‘yin bo‘ldi. “Ravshan” ham yaxshi jamoa ekan. Lekin biz o‘zimiz yaratgan imkoniyatlarimizdan to‘liq foydalana olmadik. Buning ustiga biz hozir yozgi yig‘indamiz va chempionatimizga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlarda qatnashyapmiz. Balki shu sababli o‘z o‘yinimizni to‘liq ko‘rsata olmadik, shekilli.

-  Durang o‘yinga mos tushdi, deb o‘ylaysizmi?

-  Uchrashuvdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, o‘yin durangga mos bo‘ldi. Ta’kidlaganimdek, “Ravshan” ham yaxshi jamoa ekanini ko‘rsatdi.

-  Oldingi uchrashuv bilan bu safargi bellashuv o‘rtasida qanday farqlarni ko‘rdingiz?

-  Ikkala klub ham o‘ziga xos jamoalar ekan. Aytish mumkinki, o‘z uslublariga ega. “Ravshan” klubi bejizga OFK Kubogida o‘ynamasligini ko‘rsatdi.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 10:38, 17.07.2023.
O'qildi: 1289 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик