Kirish Ro'yxatdan o'tish

Lukaku va "Inter"ning ziddiyati belgiyalikka ko‘proq zarar yetkazishi mumkin

Lukaku va "Inter"ning ziddiyati belgiyalikka ko‘proq zarar yetkazishi mumkin

Baho:
+ | -

Romelu Lukakuning transfer yangiliklaridagi kutilmagan burilish - 30 yoshli belgiyalik futbolchi "Yuventus"ga o‘tayotganga o‘xshaydi. Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, turinliklar unga yiliga 8 million yevro berishga tayyor.

Ha, ha, Romelu yana Italiyada - biroq sevimli "Inter"ida emas.

"Inter" va "Chelsi" ham bunga rozi bo‘ldi. Muzokaralar bir necha oy davom etdi. Avvaliga "Inter" Roberto Firminoni erkin agent sifatida olish umidida Romeluni sotib olishni istamadi. Hech narsa foyda bermadi. Mavsum oxirida belgiyalik formaga tushdi - bir yarim oy ichida u gol+pas bo‘yicha 12 ochko to‘pladi va bu klubni unga pul sarflashga ishontirdi.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, murabbiy Simone Indzagi shaxsan rahbariyatdan futbolchini klubda qoldirishni so‘ragan. "Inter" "Chelsi" bilan muzokaralarni boshladi, biroq ular sekin harakat qilishdi: londonliklar Romeluni sotmoqchi bo‘lishdi, italiyaliklar sotib olishning majburiy varianti bilan uni ijaraga olishni talab qilishdi.

“Inter” eng yaxshi variantni qidirayotgan bir paytda, Saudiya Arabistonidan Lukakuga murojaat qilishdi: "Al-Hilol" belgiyalik futbolchiga yiliga 60 million yevroga yaqin mablag‘ taklif qildi, biroq u Yevropada qolish istagi tufayli rad javobini berdi. Ko‘p o‘tmay, "Inter" va "Chelsi" nihoyat kelishib oldilar - 35 million + 5 mln bonus. Ammo keyin tushunarsiz narsa boshlandi: futbolchining agenti Sebastyan Ledur o‘zaro muloqotni to‘xtatdi. Ko‘p o‘tmay buni Romeluning o‘zi so‘ragani ma’lum bo‘ldi va u "Yuventus" taklifi haqida o‘ylab ko‘rmoqchi edi. La Gazzetta dello Sport'ning qo‘shimcha qilishicha, aynan Ledur turinliklarga hujumchi xizmatlarini taklif qilgan. Insayder Janluka Di Marsioning so‘zlariga ko‘ra, “Inter” hali ham Lukakuga taklif bildirmoqda, ammo Romelu baland ovozda bunga rad javobini berdi. Shundan so‘ng klub kelishuvdan voz kechdi.

"Men ketishni xohlamadim", – dedi Lukaku, u "Inter"ni hatto "Chelsi"dan ham ko‘proq yaxshi ko‘rardi. Romelu Tomas Tuxel qo‘l ostida o‘zini yaxshi his qilmagan, u Sky Sports nashriga shov-shuvli intervyu berdi va u yerda avvalgi klubiga bo‘lgan sog‘inchini yashirmadi:

"Inter bilan xayrlashishdan xavotirdaman, yoz men uchun qandaydir noto‘g‘ri yakunlanmoqda. Endi samimiy tuyg‘ularni baham ko‘rish to‘g‘riroq bo‘lardi. Men har doim qaytib kelishimni aytganman. Men Italiyani yaxshi ko‘raman va faoliyatim oxirida emas, balki yuqori saviyada bo‘lganimda qaytishni orzu qilganman. "Inter" muxlislaridan uzr so‘rashim kerak. O‘yinlarim davomida siz uchun qilgan barcha ishlarimdan roziman, mening qalbimda abadiy qolasiz. Men ketishni xohlamadim, aksincha muxlislar uchun yaxshilik qilishni xohlardim. “MYU”da men qiyin ahvolda edim, “Inter” esa qiyin damlarda menga yordam berdi.

Men yangi shartnoma so‘radim: 28 yoshdaman, bu yerda o‘zimni ajoyib his qildim. Hatto uyim ham bor. Men to‘liq ko‘chib, oilamni ko‘chirishni xohlashimni aytdim. Lekin rahbariyat men bilan shartnomani uzaytirishni rad etdi. Ular moliyaviy jihatdan imkonsizligini aytishdi. Buni qabul qilish qiyin edi. Menga “Inter” bilan tarix yaratishim mumkindek tuyulgandi, ammo ular mendan bosh tortishdi. Agar "Inter" shartnomamni uzaytirishga rozi bo‘lganida, men "Chelsi"ga o‘tmagan bo‘lardim. "Inter"da qolishim mumkin edi, lekin siz hammasini ko‘rdingiz. Men hech kimni xafa qilishga urinmadim, u yerda hamma bilan yaxshi munosabatdaman. Agar Italiyaga qaytsam, faqat "Inter"ga, "Milan" yoki "Yuventus" varantimda yo‘q bo‘ladi", – dedi Lukaku.

Belgiyalik o‘z so‘zlarini amali bilan tasdiqladi: milanliklar “Chelsi” bilan muzokara o‘tkazish uchun kelganida maoshini 10 million funtdan 7 millionga tushirishga rozi bo‘ldi. Ijara uchun bir yilni o‘tkazgan Lukaku klubda qolishni orzu qilgandi. "Inter"ga cheksiz muhabbat uni bunga undagan. "O‘tgan mavsumda "Chelsi"da o‘zimni qulay his qildim, lekin agar biror narsa o‘xshamasa, menda "Inter" varianti borligini bilardim. Qaytib kelganimda, joyim shu yerda ekanini bildim. "Anderlext"da ham xuddi shunday bo‘ldi. Men bu klubga jiddiy qarayman. Men bor kuchimni beraman va muxlislar buni ko‘rishadi”, - dedi futbolchi Chempionlar ligasi finalidan bir necha hafta oldin.

"Yuve" Lukakuni kutmoqda, faqat Vlaxovichni sotishsa, bu amalga oshadi

Romelu tavakkal qilmoqchi: La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, "Yuventus" hujumchini Dushan Vlaxovich ketgan taqdirdagina sotib oladi - aks holda moliyaviy sabablarga ko‘ra kelishuv imkonsiz ko‘rinish oladi. Jurnalist Alfredo Pedullaning xabar berishicha, serb Kilian Mbappening jamoani tark etishidan qat’i nazar, "PSJ"ga qo‘shiladi. Footmercato xabariga ko‘ra, Vlaxovich bilan yiliga 11 million yevrolik 5 yillik shartnoma bo‘yicha kelishib olingan. Turinliklar hujumchi uchun 90 million so‘ramoqda - parijliklar hamon 80 million ustida to‘xtab qolgan. Vlaxovich ketgan taqdirda ham, Lukakuga hech narsa kafolatlanmagan: "Yuve" Alvaro Morataga e’tibor qaratmoqda, uning narxi atigi 20 million yevro. Yana bir variant - "Sevilya"dan Yusuf En-Neseri, u ham Romeludan arzonroqqa tushadi.

Shunday ekan, "Inter"ga e’tibor bermaslik belgiyalik futbolchining yana shunday o‘zi uchun qulay klub topa olmasligiga sabab bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 12:09, 17.07.2023.
O'qildi: 1218 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.