Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

APL klublari Qatar mundiali ortidan millionlarga ega chiqdi

APL klublari Qatar mundiali ortidan millionlarga ega chiqdi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" Jahon chempionatiga o‘z futbolchilarini yuborgani sababli FIFAdan eng ko‘p pul olgan klubga aylandi. Xabaringiz bo‘lsa, Xalqaro Futbol Ittifoqi tomonidan mundial tashkil qilinadi. Unda qatnashgan futbolchilar esa o‘z klublariga foyda keltiradilar. Shu qoida ortidan, hattoki, Angliyaning beshinchi divizionida qatnashadigan "Borem Vud" ham foyda ko‘rgan. Xabarlarga ko‘ra, Qatardagi jahon chempionatiga o‘z vakillarini yuborgani uchun FIFA dunyoning 440 ta klubiga 160 million funt to‘lab bergan. Bu ro‘yxatda ingliz klublari yetakchilik qiladi. Ular jami 29 million funtni olgan bo‘lib, ular ichida eng yaxshi ulush "Manchester Siti"ga tekkan. "Shaharliklar" qishki mundial sharofati bilan 3.5 million funtga ega chiqdi.

Ha, "Manchester Siti" katta klub va u yerda juda katta mablag‘lar aylanadi. Shu sabab, "shaharliklar" hisobiga o‘tkazib berilgan 4 million yevro unchalik ham sezilmagan bo‘lishi mumkin. Biroq, kichik klublarga taqdim etiladigan FIFA to‘lovi katta yordamga aylanadi. Masalan, yuqorida nomi tilga olingan "Borem Vud"ga. Angliyaning eng quyi ligasida harakat qiluvchi bu klubdan birorta futbolchi mundialda ishtirok etmadi. Shunga qaramay, FIFA jahon chempionatiga saralash davrida futbolning rivojlanishida muhim o‘rin tutgan jamoalarni ham quruq qo‘ymaydi.

"Borem Vud" 2021 yilning yanvar oyida Uels terma jamoasi a’zosi bo‘lgan Sorba Tomasni Chempionship jamoasi bo‘lgan "Xaddersfild Taun"ga sotadi. Aynan mana shu sotuv uchun bu klub 24 ming funt bilan taqdirlandi. "Xaddersfild" esa Tomasni Jahon chempionatiga yuborgani uchun 118 ming funtga ega bo‘lgan. 24 yoshli futbolchi mundialda  faqatgina bir marta, u ham bo‘lsa, Uelsning AQSH bilan durang o‘yinida, so‘nggi daqiqalarda maydonga tushirilgandi. Har bir klubga to‘lanadigan bu ko‘rinishdagi kompensasiyalar, futbolchilarning qaysi o‘yinda qancha vaqt maydonda harakat qilganiga qarab hisoblanadi.

FIFAning Qatardagi uyushtirilgan tadbiri yuzasidan hisobatlar bilan tanishtirar ekan, tashkilot prezidenti Janni Infantino 2022 yilgi mundial uchun klublarga to‘langan 160 millionlik hajm, 2026 va 2030 yillarga borib, ikki borobarga oshirilishi hamda 304 millionga yetkazilishini bildirdi. U bu haqida shunday deydi: "FIFA tomonidan ishlab chiqilgan maxsus dastur ma’lum klub futbolchisining Jahon chempionatida erishgan yutug‘iga qarab, beriladigan rag‘batni hisoblaydi. Tashkilotimiz qilingan foydaning bir qismini dunyo bo‘ylab, klublar uchun beriladigan kompensasiyalarga sarflanilishini kafolatlaydi".
"Manchester Siti"dan keyingi o‘rinda "MYU" qayd etilgan bo‘lib, "qizil iblislar" JCHda qatnashgan futbolchilari ortidan 2.5 million funt foyda ko‘rdi. Uchinchi o‘rinda esa 2.4 million funt bilan "Chelsi" turibdi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 15:55, 17.07.2023.
O'qildi: 2671 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.