Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

"Oltin to‘p" sohibi hamda Yevropa chempioni haqida siz bilgan va bilmagan ma’lumotlar

"Oltin to‘p" sohibi hamda Yevropa chempioni haqida siz bilgan va bilmagan ma’lumotlar

Baho:
+ | -

Ispaniya futboli afsonasi haqida biz bilgan va bilmagan ma’lumotlar.

Luis Suares Miramontes 1935 yil 2 may kuni Ispaniyaning La Korunya shahrida tug‘ilgan. Maydondagi pozisiyasi yarim himoyachi. 1960 yilda Yevropaning eng yaxshi futbolchisi, 1964 yilgi Yevropa chempioni. IHHFS ma’lumotlariga ko‘ra, Luis Suares XX asrning eng yaxshi futbolchilari orasida 50-o‘rinni va Ispaniyaning XX asrdagi eng yaxshi futbolchilari orasida 5-o‘rinni qayd etdi. Guerin Sportivo talqiniga ko‘ra, XX asrning eng yaxshi futbolchilari orasida 46-o‘rinni, Placar talqiniga ko‘ra, 74 o‘rinda qayd etilgan.

Klubdagi faoliyati

Luis Suares faoliyati davomida "Deportivo", "Barselona", "Inter" hamda "Fiorentina" kabi jamoalarda o‘ynagan. Dastlab "Deportivo" safida 1953/54 yilgi mavsumda 17 ta o‘yinda maydonga tushib 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. So‘ngra u, "Barselona"da 1954 yildan 1961 yilgacha, 7 mavsum davomida 122 ta o‘yinda 61 ta gol urdi. Suares aynan "Barselona" takribidagi o‘yinlari bilan jahonga ancha tanildi va 1960 yilda France Football tomonidan "Oltin to‘p"ga loyiq ko‘rilgan. Keyin u faoliyatini Italiyada davom ettririshga qaror qilib, dastlab "Inter" safida 1961 yildan 1970 yilgacha o‘ynab, 256 ta o‘yinda 42 ta gol urdi. 1970/73 yillarda "Fiorentina" tarikbida o‘zini sinab ko‘rdi. Mazkur jamoa safida 63 ta o‘yinda 9 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Terma jamoadagi faoliyat

Suares Ispaniya terma jamoasi safida 1957 yildan 1972 yilgacha o‘ynagan va bu vaqt davomida 32 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urgan.Terma jamoadagi eng esda qolarli natijasi Ispaniya bilan 1964 yilgi Yevropa chempioniga aylangan.

Sovrinlar

Ispaniyalik sobiq futbolchi jamoaviy hamda individual sovrinlar borasida yetarlicha natijalar qayd etgan. "Barselona" bilan 1959 va 1960 yillarda ketma-ket ikki marta La Liga chempioni, 1957 va 1959 yillarda esa, Qirollik kubogi sohibi. 1958 hamda 1960 yillarda Yarmarka Kubogi nomli sovrinni qo‘lga kiritgan. "Inter" safida esa, 1963, 1965 va 1966 yilgi mavsumlarda Italiya chempioni, 1964 hamda 1965 yilgi mavsum YECHL g‘olibi. Xuddi shu yillarda Qit’alararo kubok sohibi. Ta’kidlab o‘tganimizdek, Ispaniya terma jamoasi bilan 1964 yilgi Yevropa chempioni.

Individual sovrinlarga kelsak, Suares 1960 yilgi "Oltin to‘p" egasi, 1961 va 1964 yilgi mavsum "Kumush to‘p" hamda 1965 yilda "Bronza to‘p"ga loyiq ko‘rilgan. UEFA ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa chempionatidagi o‘yinkari bilan yilning ramziy jamoasiga kiritilgan. "Golden foot" - 2021 yilda "Futbol afsonalari" nominasiyasi g‘olibi.

Murabbiylik

1973 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan Luis Suares o‘sha yildayoq o‘zini murabbiylikda sinab ko‘rishga qaror qiladi. Dastlab, "Jenoa" U-19 jamoasi, so‘ngra 1974/75 yilgi mavsumda "Inter" klubida ishlaydi. 1975/77 yillarda "Spal" va "Komo" jamoalarida murabbiylik qiladi. 1978 yilda Ispaniyaga qaytadi va "Deportivo" jamoasini boshqaradi. Terma jamoalar tasnifida, dastlab Ispaniya U-19 va 1988/91 yillarda Ispaniya milliy terma jamoasiga murabbiylik qiladi. So‘ngra u yana Italiyaga qaytib 1992/95 yillar oralig‘ida "Inter" bosh murabbiyi bo‘ladi. 1994 yilda Ispaniyaning "Albasete" klubini boshqarishga ulgurdi. Murabbiylik sohasida deyarli natijaga erishilmadi.

Asosan, futbolchilik faoliyati bilan tanilgan Luis Suares Miramonte 88 yoshida vafot etdi. Bu albatta, Ispaniya futboli uchun katta yo‘qotish bo‘ldi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 14:57, 19.07.2023.
O'qildi: 2325 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.