Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

"MYU" uchun Rasmus Xyoylunn qimmatlik qilmoqda. Uning o‘rniga kimlarni sotib olish mumkin?

"MYU" uchun Rasmus Xyoylunn qimmatlik qilmoqda. Uning o‘rniga kimlarni sotib olish mumkin?

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" zaxira rejalari ustida bosh qotirmoqda. Xabarlarga ko‘ra, agarda jamoa "Atalanta" hujumchisi Rasmus Xyoylunn borasida kelisha olmasa, u holda boshqa hujumchilarga e’tibor qaratadi. Buning uchun esa nishonlarni aniq belgilab olish lozim. Klub bu yozda 60 million funt evaziga yarim himoyachi Meyson Mauntni olib keldi. Darvoza sohasi esa tez orada Andre Onana bilan to‘ldiriladi. Shu bilan navbat hujumchiga keladi.

Hujumchi borasida klubning "qo‘li kaltalik" qilishi mumkin. "Qizil iblislar" Xarri Keyn va Rasmus  Xyoylunnga da’vogarlik qilayotgan edi. Ammo har ikki futbolchi ham ayni damda o‘z klublari tomonidan 100 million yevrodan ko‘proqqa baholanmoqda.
"Atalanta" hujumchisi Xyoylunn o‘tgan mavsum davomida A seriyada 9 ta golga mualliflik qilgandi. Ten Xag 20 yoshli daniyalik bilan kelishib olgani aytiladi. Biroq, narx masalasi doimo muammo bo‘lgan. Uni sotib olish imkonsiz ishga aylansa, klub boshqa variantlar qidirishga majbur bo‘ladi.
"MYU" "Ayntraxt" yulduzi Randal Kolo Muaniga ko‘z tikkan. Ammo u uchun "Bavariya" bilan kurashga kirish talab etiladi. Frankfurtliklar 24 yoshli hujumchini 85 million funtga baholamoqda. Kolo Muani nemis klubida bir mavsum o‘ynab, 23 ta golga mualliflik qilgandi.

Agarda Kolo Muani ham qimmatlik qilsa, boshqa arzonroq muqobillar izlash lozim. Ayrim manbalarda "Portu" yulduzi Mexdi Taremi "qizil iblislar" radariga tushgani aytiladi. 30 yoshli markaziy hujumchi uchun Portugaliya klubi 20 million yevro atrofida narx belgilagan. Shuningdek, ehtimoliy variantlar orasida  "Atletiko" futbolchisi Joau Feliks ham bor. U allaqachon "MYU" bilan dastlabki muzokaralarga kirishgan. 23 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumni "Chelsi"da o‘tkazib, 16 ta bahsda 4 ta gol urgandi. Shunday ekan, portugaliyalikda APL tajribasi mavjud. Feliks o‘z agenti Xorxe Mendeshdan yangi klub topishini so‘ragan edi.

"Ayaks"ni erkin agent sifatida tark etgan Dushan Tadich "MYU" byudjeti uchun juda ham mos keladi. 34 yoshli markaziy hujumchi oy avvalida "Ayaks" rahbariyati bilan kelisha olmagach, o‘z bitimini muddatidan avval yakunlashga qaror qilgandi. Serbiyalik o‘ziga yangi jamoa topish harakatiga tushgan. Erik ten Xag Tadichni juda yaxshi biladi va Angliyaga kelishga ko‘ndira oladi.
Shuningdek, "MYU" oldida sinalgan variant ham mavjud. 30 yoshli Vaut Vegxorstni yana jamoaga qaytarish, qulay usuldir. U o‘tgan masvumning yarmini mankunianliklar safida o‘tkazgan. Niderlandiyalik liga kubogini yutishda ten Xag jamoasiga yordam berdi. Ayni damda hujumchi "Byornli"ga qaytgan.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 00:14, 20.07.2023.
O'qildi: 2054 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик