Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 00:00 Barselona 1-0 Xetafe
26/09 17:30 Eron 3-4 Marokash
26/09 18:30 Navbahor 0-3 So‘g‘diyona
26/09 18:30 Dinamo 3-0 Surxon
26/09 20:00 Portugaliya 1-2 Qozog‘iston
26/09 20:00 Argentina - Xorvatiya
26/09 22:00 Las-Palmas 1-1 Betis
26/09 22:00 Espanyol 1-2 Vilyarreal
27/09 00:00 Selta - Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum - Metallurg
27/09 17:30 Tailand - Fransiya
27/09 19:15 OKMK - Lokomotiv
27/09 23:45 Milan - Lechche
28/09 00:00 Valyadolid - Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl - Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe - Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor - Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona

«Barsa» haqida ma’lumot kerakmi? Marhamat, Joan Laportani tinglang!

«Barsa» haqida ma’lumot kerakmi? Marhamat, Joan Laportani tinglang!

Baho:
+ | -

So‘nggi oylar davomida «Barselona» atrofida juda ko‘p va turli-tuman xabarlar tarqalmoqda. Kataloniya superklubi prezidentidan shunday mish-mishlarga munosabat eshitishga nima deysiz? Marhamat, Joan Laportaning La Vanguardia nashri jurnalistlari bilan suhbatda aytganlari vositasida turli-tuman savollar va shubha-gumonlarga javob olishingiz mumkin.

- Agar La Liga klubimizga hayotiylik rejasi taqdim etmasa ham, uni o‘zimiz qo‘llaymiz.

- Lionel Messi oldingi kengash bilan kelishilgan ish haqini olish muddatini kechiktirishi kerak. To‘lov 2025 yilgacha davom etadi. Barchasi aniq grafik asosida amalga oshiriladi.

- Yashirmayman, Messini qaytarish masalasida La Liga bilan mavjud resursdan bir qismini unga ajratish to‘g‘risida kelishuvga erishdik. Bu rejaga ham kiritildi va barchasini Xorxe Messiga ma’lum qildik. U o‘g‘li Parijda ancha qiynalgani va endi kamroq bosim ostida o‘ynashni xohlayotganini aytdi. Tushuning, Leo Barselonaga qaytganida, kuchli bosim ostida qolardi, baribir. Shu nuqtai nazardan Messi qarorini to‘g‘ri qabul qildim.

- O‘ylaymanki, Langle masalasida «Tottenxem» bilan kelishuvga erishamiz, oxir-oqibat. Shuningdek, Dest ham bor. Bunday shartnomalar kamdan-kam holatlarda tez amalga oshadi. Hammasi ikkinchi tomonga bog‘liq. Tabiiyki, transferlarni tezkor ravishda hal etishni istaymiz, ammo xohlaymizmi-yo‘q, sarb qilishimizga to‘g‘ri keladi.

- Fatiga qolish haqida maslahat beraman. U o‘z iste’dodi bilan Xavi  ishonchini qozonishi va vaziyatni butkul o‘zgartirishi mumkin. Ansu biz bilan qolsa, faqat xursand bo‘laman. Hozir Fatidan tashqari, Kristensen, Pedri, Gavi, Arauxo, ter Shtegen, Rafinya va Balde transferi bo‘yicha ham aniq takliflar bor. Ammo «Barselona» donor klub emas. Shuningdek, Kessiye masalasida hozircha rasman taklif olmaganimizni ham aytishim joiz.

- Xavi klub holatini yaxshi tushunadi. U aslida yarim himoyani kuchaytirmoqchi, lekin ayrim variantlarni amalga oshirish imkoni yo‘qligini ham biladi. Umuman, klub kanteranosiga e’tiborni oshirmaslik katta xato bo‘ladi. Mana, hozir ixtiyorimizda Mark Kasado, Pau Prim, Jerar Ernandes va Mark Bernal kabi tarkibni real kuchaytiradigan nomzodlar bor. Qisqasi, avvalo, «La Masiya» tomon yuzlanish kerak.

- Kelgusi mavsum uchun rejalashtirilgan barcha homiylik mablag‘ining 95 foizi allaqachon kelib tushdi. Klubimiz hamon sarmoyador va homiylar uchun yetarlicha jozibador. Ular tariximiz va muxlislarning «Barselona»ga sodiq ekanliklariga to‘liq ishonishadi.

- Mavjud imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishimiz shart. O‘tgan mavsum ayollar jamoasi CHLda zafar quchdi, Xavi esa shogirdlarini La Liga taxti sari yetakladi. AQSH, Fors ko‘rfazi mamlakatlari va Meksikada o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish bo‘yicha manfaatli takliflar yetarli. Basketbol yo‘nalishida esa «Leykers» bilan muzokara olib boryapmiz. Demoqchimanki, ayni qiyinchiliklarni yengib o‘tishga qodirmiz.

- Barcha to‘siqlarga qaramay, moliyaviy holat deylik, 2 yil oldingiga nisbatan ancha yaxshi. Klub keyingi mavsum daromad tezligini ham oshiradi.

- Barsa TV yiliga 12 million yevro zarar ko‘rdi. Aslida bunday bo‘lmasligi kerak edi. Kanalda iqtisodiy ma’no yo‘q, axborot yo‘nalishi ham past. Chunki u to‘g‘ri tashkil etilmagan, g‘oyalar eskirgan, boz ustiga, juda qimmatbaho texnologiyalardan unumsiz foydalanilgan. Shuning uchun zamonaviy texnologiyalar yordamida boshqa yechim topishga majburmiz. Zararga ishlaydigan kanalni ushlab turishdan nima ma’no?

- Basketbol yo‘nalishida 40 millionga teng ish haqi jam­g‘armasisiz ham talab darajada raqobatbardosh bo‘lishimiz mumkin. Murabbiy Mirotich va klubning pozisiyalari bir-biriga mos emas, shuning uchun unga javob beramiz. Ha, Mirotich katta muvaffaqiyat keltirdi, ammo basketbol klubini qayta tuzish vaqti keldi. Yasikyavichyusga kelsak, u Yevropada eng ko‘p maosh oladigan murabbiy hisoblanadi. Muzokara boshlaganimizdayoq ushbu mutaxassis jamoamiz falsafasiga to‘g‘ri kelmasligini tushungandik.

- Roppa-rosa 1 yildan so‘ng «Kamp Nou»ga qaytamiz, o‘shanda arena tribunalarining 70 foizi tayyor bo‘ladi. Aks holda, Limak kompaniyasi katta iqtisodiy oqibatlarga yuz tutadi. Ya’ni kechiktirilgan har kun uchun 1 million yevro kompensasiya belgilangan. Umid qilamanki, Limak bunga yo‘l qo‘ymaydi va yaxshi sur’atda ishlab, stadionni belgilangan vaqtda topshiradi. Firmaning kuchli tomonlaridan biri - bu o‘z ishi va vaqtni e’zozlashi.

- Stadion rekonstruksiyasi va kutilmagan xarajatlar tufayli byudjetni qisqartirishga majburmiz. Aslida, hammasi allaqachon yo‘lga qo‘­yilgan. Agar reja yaxshi ketsa, 930-960 million yevro iqtisod qilamiz.

- Ba’zida Xavini maqtash Gvardiola ta’minlagan zafarlardan voz kechishdek tuyu­ladi, lekin unday emas. Yo‘q, Xavini maqtash Pep qoldirgan merosni kamsitish sanalmaydi aslo.

- Mutlaqo sog‘lomman. To‘g‘ri, ilgari sport bilan ko‘proq shug‘ullanardim, hozir esa vaqt kam. Muhimi, juda yaxshiman, ishtiyoqim ham kuchli. Hozirgi ko‘rsatkichlar hammasi joyida ekanligidan dalolat bermoqda. Darvoqe, ayni payt parhezdaman: nonushta shohona, kechki ovqat esa kamtarona...

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:37, 20.07.2023.
O'qildi: 2511 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.