Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

UFC Fight Night 224. Mahmud Murodov amerikalik raqibiga hech qanday imkon qoldirmadi va g‘alaba qozondi (video)

UFC Fight Night 224. Mahmud Murodov amerikalik raqibiga hech qanday imkon qoldirmadi va g‘alaba qozondi (video)

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov UFC Fight Night 224 musobaqasida navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Murodovga Amerika vakili Brayan Barberena raqiblik qildi. Uchala raundda ham Murodov faollik ko‘rsatdi.  

Birinchi raundda Murodov aktivroq ishladi. Kurashga ham tortmoqchi bo‘ldi. Ochkolar bo‘yicha ustunlikka erishdi. Eng muhimi, raqibining faol ishlashiga yo‘l qo‘ymadi.

Ikkinchi raundda to‘liq ustunlik Murodov tomonida bo‘ldi. Hamyurtimiz raqibga bir nechta aniq va kuchli zarbalar yo‘lladi. Hattoki, raund boshida Barbarena nokdaunga ham tushdi.

Uchinchi raund og‘irroq kechdi. Murodov shubhasiz ko‘proq va kuchliroq urdi. Biroq Brayan tavakkal oldinga bordi, ochiq jangga intildi. Yakunda hakamlarning barchasi g‘alabani Mahmudga berdi — 30:27, 30:27, 30:27.

Shu tariqa Murodov UFC’dagi oltinchi jangida g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Murodov UFC’dagi debyut jangida italiyalik Alessio di Kirikoni ochkolar hisobiga ko‘ra, ikkinchi jangida Trevor Smitni uchinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan. Uchinchi jangida Mahmud Endyu Sanchesni nokautga uchratgandi. To‘rtinchi jangda Jerald Mirshertga imkoniyatni boy bergandi. Bundan avvalgi jangda esa braziliyalik Kayo Borralyoga mag‘lub bo‘lgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:14, 22.07.2023.
O'qildi: 9681 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.