Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Krespo Okaforning "Milan"ga transferi haqida gapirdi

Krespo Okaforning "Milan"ga transferi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Argentinalik sobiq hujumchi va hozirda murabbiy Ernan Krespo "Zalsburg" hujumchisi Noa Okaforning "Milan"ga o‘tishi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Men uni yaxshi bilaman, bir necha uchrashuvlarda unga muxlislik qilganman. U hujumchi, ko‘p harakat qiladi, qanotlarda ham, markazda ham o‘ynay oladi. Ammo “Milan” muxlislari katta umid bog‘lamasliklari kerak – Noa klassik markaziy hujumchi emas, u unchalik sermahsul hujumchi ham emas.

Okafor hech qachon forvardlar uchun dunyodagi eng qiyin liga – A Seriyada o‘ynamagan. Va buni birinchi marta boshdan kechirgan odam aytadi. Agar Noa 10 ta gol ura olsa, "Milan" uchun xursand bo‘laman", - deya Krespo so‘zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia.

23 yoshli Okafor "Red Bull Zalsburg" safida barcha musobaqalarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 09:15, 23.07.2023.
O'qildi: 903 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик