"Tottenxem" o‘zi qiziqayotgan futbolchining narxini bilib oldi. Xabarlarga ko‘ra, "shporlar" "Lill" hujumchisi Jonatan Devid uchun 50-55 million yevro to‘lashi kerak bo‘ladi.
23 yoshli futbolchi Xarri Keynga o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda. Keyn "Bavariya"ga o‘tishga yaqin turgani aytiladi. U uchun nemis grandi 80 million yevro taklif etgan edi. Devid o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 26 ta golga mualliflik qilgan.