Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

"Sehrli diyor"dagi uslublar jangi: "Arsenal" – "Barselona" (prevyu)

"Sehrli diyor"dagi uslublar jangi: "Arsenal" – "Barselona" (prevyu)

Baho:
+ | -

"Arsenal" AQSHdagi mavsumoldi bahslarini payshanba kuni yakunlaydi. So‘nggi o‘yin, tarkibida kasallik tarqalgan "Barselona"ga qarshi kechadi. Kataloniya klubi dastlabki, "Yuventus"ga qarshi bahsni kasallik sababli bekor qilgan edi. Ulardan farqli ravishda "Arsenal" hozirga qadar uch bor maydonga tushdi. Bu uchta o‘yinning har biri, har-xil natijalar bilan yakunlandi. Xususan, "Nyurnberg" bilan durang qayd etgan Mikel Arteta shogirdlari (1-1), MLS yulduzlarini tor-mor keltirdi (5-0). Biroq, "MYU" bilan to‘qnashuv boy berildi (0-2). Qayd etish kerakki, "qizil iblislar"ga uchralgan kutilmagan mag‘lubiyat, bir qancha savollarni o‘rtaga tashladi. Negaki, rahbariyat Arteta so‘ragan barcha nomlarni sotib olishga ulgurgandi. Endi londonliklar Ispaniya chempionlariga qarshi jiddiy sinovdan o‘tadi.

O‘yin qayerda bo‘ladi?


Joy: Los-Anjeles, Qo‘shma Shtatlar
Stadion: "SoFi Stadium"
Vaqt: 27 iyul, chorshanba (mahalliy vaqt)
Start: 19:30 (mahalliy vaqt)

O‘zaro o‘yinlar (so‘nggi beshta)


"Arsenal": 1 ta g‘alaba
"Barselona": 4 ta g‘alaba
Durang: 0 ta

So‘nggi to‘qnashuv


"Barselona" 3-1 "Arsenal" (2016 yil, 16 mart, YECHL)

"Arsenal" haqida

Oleksandr Zinchenko hali ham jarohatdan qayta olmadi. Shu sabab, kelayotgan bahsni chap qanotda Kiran Tirni yoki Yakub Kivior o‘tkazadi. Shuningdek, Takexiro Tomiyasu ham safdan chiqqan.
Leandro Trossard mavsumoldi o‘yinlarida faol harakat qilmoqda. Shuning uchun aynan u, Kay Xavers o‘rniga asosiy tarkibga kiritiladi. U bilan Jorjinyo yoki Parti yarim himoyada sherik bo‘ladi. Deklam Rays esa tayanch zonasi uchun ma’sul sanaladi. O‘ng qanotni yana Yurriyen Timber band etsa kerak. U "MYU" qarshi ishonchli harakat qilgandi. Hujum chizig‘ida Gabriel Jezus harakat qiladi. Uning o‘rni, vaqti kelganida Eddi Nketia yoki Folarin Balogun bilan almashtirilishi mumkin.

Taxminiy tarkib:
Darvozada: Aron Ramzdeyl,
Himoyada: Timber, Saliba, Kivior, Tirni;
Yarim himoyada: Parti, Edegor, Trossard;
Hujumda: Saka, Jezus, Martinelli (4-3-3).

"Barselona" haqida
Hozirga qadar tarkibning aynan qaysi a’zolariga virus yuqqani aniq aytilmadi. Ammo "Yuventus" bilan o‘yinning sababi "tarkibning ancha qismiga oshqozon-ichak virusi yuqqani" bilan izohlangan. Mana shunday vaziyatda kim tarkibga kiritiladi, kim yo‘q, buni aniq aytish mushkul. Shunga qaramay, biz Alexandro Baldening to‘pig‘idan olgan jarohatidan xabardormiz va u ertangi o‘yinda qatnasha olmaydi. Jyul Kunde masalasi ham ochiq qolmoqda. Shu sabab o‘ng qanot Ronald Arauxo bilan to‘ldirilsa kerak.

Taxminiy tarkib:
Darvozada: Ter Shtegen;
Himoyada: Ronald Arauxo, Erik Garsiya, Martines, Alonso;
Yarim himoyada: Roberto, Romeu, Pedri;
Hujumda: Rafinya, Levandovski, Gavi (4-3-3).

Taxminiy hisob:
"Arsenal" "MYU"ga qarshi o‘yinda juda yomon ko‘rindi. Shunga qaramay, Mikel Arteta jamoasi bunday davom etmaydi. U bo‘lajak bahsga eski tarkibda tushishi kutilmoqda. Rays va Xavertslar zaxirada qoldiriladi.
"Barselona"ning hozirgi holati juda g‘alati. AQSHga katta yo‘l bosib kelganiga qaramay, Xavi shogirdlari birorta o‘yinda maydonga tushmadi. Aytish kerakki, virus muammosi sababli tarkibdagilar sport formasi ham zo‘r bo‘lmaydi. Bu vaziyatda "Arsenal" kabi jamoalarga qarshi turish oson emas. Demak, o‘yin "Arsenal" foydasiga hal bo‘lish ehtimoli kattaroq. Yakuniy hisob: 2-1, "Arsenal" foydasiga.


Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" va "Barselona" o‘rtasidagi mavsumoldi o‘rtoqlik o‘yini Toshkent vaqti bilan payshanba, 28 iyul kuni, tonggi 7:30 da start oladi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 16:37, 26.07.2023.
O'qildi: 2483 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.