Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

“Metallurg” yangi o‘yinchilarini tanishtirdi

“Metallurg” yangi o‘yinchilarini tanishtirdi

Baho:
+ | -

Bugun “Metallurg” futbol akademiyasi anjumanlar zalida jamoamizga davralar oralig‘ida tarkibga kelib qo‘shilgan o‘yinchilarni tanishtirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda “Metallurg” futbol klubi bosh direktori Shavkat Saidov, jamoa bosh murabbiyi Vesko Steshevich va boshqa rasmiy kishilar ishtirok etishdi.

Ikkinchi davra arafasida “Metallurg” qo‘shni Eron Islom Respublikasidan ikki nafar xorijlik futbolchini o‘z tarkibiga jalb etdi. Bular – Rizo Yazdando‘st hamda Danial Mahini bo‘lib, ularning har ikkalasi himoya chizig‘i vakillaridir. Shunisi e’tiborga molikki “Metallurg” tarkibiga qo‘shib olingan eronlik futbolchilarning har ikkalasi o‘z vaqtida mamlakat terma jamoalariga jalb etilgan o‘yinchilardir.

“Metallurg” ikki yillik tanaffusdan so‘ng o‘zining qadrdon o‘yinchisi Shahzod Ubaydullayevni tarkibiga qaytardi. Aynan Bekobodda hujum chizig‘ida porlab, O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqiruv olgan Shahzod Ubaydullayev Belorus Respublikasining “Shaxter” (Soligorsk) jamoasiga transfer qilingandi. Bu yilgi mavsumning birinchi yarmini esa Farg‘onada – “Neftchi” safida o‘tkazgan Ubaydullayev ikkinchi davrada qadrdon klubiga qaytishni ixtiyor etdi.

Yarim himoya chizig‘imizga ikki nafar mahoratli va tajribali o‘yinchilar – Sardor Abduraimov hamda Iskandar Shayqulovlar taklif qilindi. “Mash’al” jamoasida tanilib, oxirgi ikki mavsumni Yaypanda – “Turon”da o‘tkazgan Abduraimov va “So‘g‘diyona”dan jamoamizga kelib qo‘shilgan Shayqulov jamoamiz o‘yinini kuchaytirishiga shubha qilmaymiz.

“Metallurg” safiga 2001 yilda tug‘ilgan iste’dodli yarim himoyachi Muhammadaziz Ibrohimov esa Toshkentning “Olimpik” jamoasidan kelib qo‘shildi. Birinchi davraning deyarli barcha uchrashuvlarida maydonga tushgan Muhammadaziz ham “Metallurg” safiga tezda qo‘shilib ketishiga ishonamiz.

Taqdimot so‘ngida “Metallurg” PFK bosh direktori Shavkat Saidov, jamoa bosh murabbiyi Vesko Steshevich hamda klubga yangi qabul qilingan o‘yinchilar OAV vakillari va “Metallurg” fan-klubi a’zolarining savollariga javob qaytarishdi.

Kiritildi: 18:26, 26.07.2023.
O'qildi: 4039 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.