Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi...

Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi...

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

Eronlik hujumchi Mehdi Taremining agenti o‘z mijozi «MYU» safini to‘ldirishi mumkinligiga shama qildi.

Vaholanki, hammasidan xabardor matbuotda bu futbolchi va «qizil iblislar»ga bog‘liq hech qanday umumiy ma’lumot chiqmagandi. Qiziqarli burilish.

Ma’lumot uchun, «MYU» hozirga qadar Meyson Maunt bilan shartnoma tuzishga ulgurdi va endi «Inter» darvozaboni Andre Onana transferi ustida faol ish olib bormoqda. Ikkinchi tomondan, bosh murabbiy Erik ten Xag bahordayoq avvalo, sifatli hujumchiga ehtiyoji borligini ma’lum qilgandi. Mankunianliklar shunga yarasha Garri Keyn transferi masalasida muzokara boshlashga urinishdi, ammo... Endi esa OAV xabarlariga qaraganda, ular «Tottenxem» goleadori nomzodidan voz kechib, e’tiborni daniyalik hujumchi Rasmus Xeylundga burishgan. «Atalanta» hujumchisining o‘zi «Old Trafford»ga ko‘chib o‘tishga moyil, faqat shunisi borki, bergamoliklar uning uchun kattagina summa so‘rashmoqda. Qolaversa, Rasmusda top-ligada o‘ynash tajribasi hali kam.

Agent Born Xoramdelning ishorasiga ishonsak, «qizil iblislar» hujumiga yana bir yaqqol nomzod bor. «Portu»da yetakchilar guruhiga qo‘shilgan Mehdi Taremi manfaatlarini himoya qiluvchi vositachi ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga «Old Trafford»ga kiraverish nuqtasiga osib qo‘yilgan «Yunayted» ramzi suratini joylashtirdi. Takrorlash kerak, bunga qadar 30 yoshli eronlikning «Yunayted»ga o‘tishi yuzasidan qisqa xabar ham chiqmagandi. Lekin agent ishorasi mantiqqa zid emas. Birinchidan, Eron milliy jamoasi vakili o‘tgan mavsum «Portu»da 29ta gol urdi. Ikkinchidan, Portugaliyaning O Jogo nashri ma’lumotlariga qaraganda, uning transferini 17 million funtga sotib olish imkoni bor. Aytgancha, oldinroq Taremiga «Arsenal» tomonidan qiziqish borligi aytilgandi. Aftidan, bu borada Mikel Arteta oldida jiddiy raqib ham yo‘q emas. Har holda, Manchester Evening News nashrining qo‘shimcha axboroti bo‘yicha aytsak, klub ramzi surati oldinroq olingan, ammo bu Taremi bo‘yicha gap-so‘zlar umuman yo‘qligini anglatmaydi. Qiziq, «qizil iblislar» muxlislari eronlik hujumchi variantiga qanday qarasharkin...?

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:51, 26.07.2023.
O'qildi: 3562 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.