Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya 0-3 Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya 1-1 Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika 2-1 Paragvay

Lionel Messi MLS'da qayd etishi bo‘lgan ajoyib rekordlar jamlanmasi

Lionel Messi MLS'da qayd etishi bo‘lgan ajoyib rekordlar jamlanmasi

Baho:
+ | -

Lionel Messi MLS'ga katta rekordchi sifatida tashrif buyurdi. Uning "Inter Mayami"dagi ishlari qanday ketishi ahamiyatsiz. Messi baribir dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri bo‘lib qolaveradi. Biroq, uning debyut o‘yinlaridan ko‘rinib turibdiki, Messi Amerikaga dam olish yoki pul ishlash uchun kelmagan. U o‘z nomini va darajasini oxirigacha himoya qilmoqchi. Quyida Messi tomonidan yangilanishi mumkin bo‘lgan rekordlar haqida so‘z boradi.

"Inter Mayami"ning barcha davrlardagi eng yaxshi to‘purari

Osonrog‘idan boshlaganimiz ma’qulroq. "Inter Mayami" klubi 2020 yilda MLS jamoasi sifatida ro‘yxatdan o‘tgandi. Shu sabab klubda katta tarix mavjud emas. Ayni damdagi to‘purar Messining eski jamoadoshi Gonsalo Iguain bo‘lib turibdi. Iguain Bekxem jamoasida 70 ta o‘yin o‘tkazib, 29 ta golga mualliflik qilgan. Messi esa bu ko‘rsatkichga bemalol yetib olsa bo‘ladi. Negaki, hozirga qadar uning hisobida 3 ta gol paydo bo‘ldi. Va bu hali boshlanishi.

Eng ko‘p xet-trik qayd etgan futbolchi

MLS tarixidagi eng ko‘p xet-triklarga erishgan futbolchi Messining jamoadoshi Xosef Martines sanaladi. U "Atlanta Yunayted" safida 6 ta uchlik-gollarga mualliflik qilgandi. Agarda Messining faoliyatiga e’tibor bersangiz, unda jami 57 ta xet-trik borligini ko‘rasiz. Shunday ekan, jahon chempioniga 6 talik dovondan o‘tish qiyin bo‘lmaydi.

Eng ko‘p jarima zarbalaridan urilgan gollar muallifi

MLS'da eng ko‘p jarima zarbasidan gol urgan futbolchi sobiq italyan hujumchisi Sebastyan Jovinkodir. U jami 13 ta golni erkin zarbadan kiritgan. Jovinko bu natijani "Toronto" klubi bilan 4 yil davomida qayd etgandi. Messi o‘zining afsonaviy zarbalari bilan ajralib turadi. Hujumchi o‘zining debyut o‘yinidayoq qo‘shib berilgan daqiqalarda gol urishga erishgandi. Unga bu rekordni yangilash uchun yana 13 ta shunday muvaffaqiyatli zarba kerak bo‘ladi.

Mavsum to‘purari bo‘lish

Messi balki o‘zga sayyoralikdir. Ammo mavsum yarmida kelib, MLS'da to‘purar bo‘lish juda qiyin masala. Bu boradagi rekord sobiq "Arsenal" hujumchisi Karlos Velaga tegishlidir. U 2019 yilda jami 34 ta gol bilan rekord qo‘ygandi. Keyingi yildan, Messi ham ishga kirishsa bo‘ladi. Ammo 36 yoshli futbolchi uchun bu oson bo‘lmaydi.

Mavsum assistenti bo‘lish

Eng ko‘p assistentlik qilish, aslini olganda to‘purarlikdan ham qiyinroq masala sanaladi. MLS'da bu boradagi rekord 2000 yili o‘rnatilgan. O‘shanda kolumbiyalik afsonaviy futbolchi Karlos Valderrama 26 ta assistga mualliflik qilgandi. Messi esa eng yaxshi assistentlik mavsumini "Barselona" safida, 2019-2020 yilgi mavsumda o‘tkazgan (21 ta assist).

MLS tarixidagi eng yaxshi to‘purar

Bu endi o‘ta qiyin narsa. Ammo Messi uchun bu cho‘t emasdek tuyuladi. Hozirda amerika tarixidagi eng ko‘p gol egasi bu Kris Vondolovski sanaladi. U 2005-2021 yillar davomida jami 171 ta gol urishga erishgan. Buni yangilash uchun Messi 2029 yilga qadar tinmay, har mavsumda, o‘rtacha 30 tadan gol urishi lozim. Avvaliga 100 ta gollik dovonga yetib olinishi kerak.

MLS tarixidagi eng yaxshi assistent

Amerikalik afsona Lendon Donovan MLS'da jami 136 ta assist qayd etgan. Gol urish borasida Messi yaxshidir. Ammo assist berish doim ham oson ish emas. Shuni ko‘zda tutgan holda aytish mumkinki, Messiga MLS tarixidagi rekordlarni yangilash og‘irlik qiladi. Afsuski, u Amerikaga juda kech keldi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 12:12, 27.07.2023.
O'qildi: 2656 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.