Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

"Arsenal"ga qarshi bahsda Xavini uyaltirgan va aksincha xaloskor bo‘lgan futbolchilar kim edi?

"Arsenal"ga qarshi bahsda Xavini uyaltirgan va aksincha xaloskor bo‘lgan futbolchilar kim edi?

Baho:
+ | -

Xavi futbolchilarga yetarlicha imkoniyat berdi, ammo bu imkoniyatdan hamma ham foydalana olmadi.

"Barselona" o‘z navbatida "Arsenal"ga qarshi o‘yin uchun ikkita turli tarkibni chiqardi, ammo ularning hech biri samarali bo‘lmadi. Qandaydir jamoaviy ish haqida gapirishga hali erta, shuning uchun o‘yinchilarning individual mahoratiga e’tibor qaratish lozim.

Birinchi bo‘lim uchun tarkib

Ikkinchi bo‘lim uchun tarkib

Qulaylik uchun, keling, birinchi navbatda uchrashuvning eng yomon uchta futbolchisini, keyin esa uchta eng yaxshi futbolchini ajratib ko‘rsatamiz.

Bugungi kunda ko‘pchilik o‘zini isbotlash imkoniyatiga ega bo‘ldi, ammo hamma ham bundan yaxshi foydalana olmadi. "Arsenal"ga qarshi o‘yinning eng yomon 3 o‘yinchisi:

1. Markos Alonso - himoyachi qanotdagi o‘yinni butkul omadsizlikda o‘tkazdi. Bukayo Saka bilan individual duyelda yutqazdi. Har safar biror kuchli raqib Alonsoga qarshi chiqsa, Markos imkoniyatni boy beraverdi. Ammo bu Baldening mavsumdagi birinchi almashtirilishi va agar Alexandroga biror narsa bo‘lsa, "Barselona" asosiy raqiblar bilan o‘yinlarda katta muammolarga duch kelishi mumkin.

2. Serjinyo Dest - Himoyachi "Barsa" bilan mavsumoldi mashg‘ulotlarini hammaga asosiy tarkib o‘yinchisi ekanligini isbotlash uchun ortiqcha yuklama bilan boshladi. Biroq, birinchi o‘yinda u hali ham maydondagi vazifalarini tushunmagani sezildi. O‘yinchi muntazam ravishda noto‘g‘ri pozisiyalarni egalladi, sheriklar bilan o‘ynay kuchli bog‘lamlarda ishlay olmadi va mutlaqo natija ko‘rsatmadi. Xavi ilgari ham Destga ishonmas edi, shuning uchun hozir vaziyat yanada yomonlashishi mumkin.

3. Serxi Roberto - "Barselona" uchun u birinchi marta asosiy jamoa sardori sifatida maydonga tushdi va ... Dest darajasida o‘ynadi deyish mumkin. Serxi biror marta ham yakkakurashlarda g‘alaba qozona olmadi - 3 ta mag‘lubiyat. Agar birinchi bo‘limda "Arsenal" Alonso qanoti orqali gol urgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Roberto qanoti orqali bosim o‘tkaza boshladi.

"Arsenal"ga qarshi o‘yinning eng yaxshi 3 nafar futbolchisi:

1. Abde - futbolchi hali ham arzimagan imkoniyatni qo‘lga kiritish va yangi mavsumda jamoada qolish uchun o‘zini ko‘rsatishga harakat qilmoqda. Birinchi bo‘limda jamoaviy o‘yinga umid qilish qiyin edi, shuning uchun Abdening o‘zi "Arsenal"dan to‘pni olib qo‘yishda faol ishtirok etdi, hujumlarni o‘zi bartaraf etib turdi, jarima maydonchasiga uzatmalar berdi. Jamoaning bunday sust o‘yini sababli faqat individual harakatlar orqali nimanidir hal qilish mumkin edi va futbolchi muvaffaqiyatga erishdi.

2. Balde - Alonso fonida o‘zini ko‘rsatishi oson edi. U qanotda Fati bilan ajoyib aloqa o‘rnatdi, "Barselona"ning barcha hujumlari yaxshi tugallanishida katta hissa qo‘shdi va "Arsenal"ni hujum uyushtirayotgan paytda turli variantlarni qo‘llashga majbur qildi. Balde o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida Xavi maqtagan yagona futbolchi bo‘ldi.
Xavi: "Arsenal" g‘alaba qozonishga haqli edi Tezlik va jismoniy kuch asosiy farqni yuzaga keltirdi. To‘pni yaxshi nazorat qildik, ammo himoyada kuchsiz edik. Natijaga qaramay, o‘rtoqlik uchrashuvidan ko‘nglimiz to‘ldi. Alexandro Balde ajoyib o‘yin o‘tkazdi", - dedi murabbiy.



3. Ferran Torres. U hammadan ko‘proq mashg‘ulot o‘tkazmoqda, ajoyib formaga tushdi va bugun u noodatiy pozisiyaga chiqdi. Abde kabi Ferran Torres xavfli hujumlarda qatnashdi. Raqibni pistirmada poyladi, to‘pni olib qo‘ydi, Dembele bilan orqaga qaytdi va xotirjamlik bilan lahzalarni angladi. Bir golga mualliflik qildi. Hozircha ushbu xulosalar bilan uzoqni taxmin qilish to‘g‘ri emas. Ammo "Barselona" Amerikada uchinchi o‘yinini o‘tkazayotgan "Arsenal" fonida sust ko‘rindi.

Kiritildi: 19:52, 27.07.2023.
O'qildi: 7321 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.