"Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi David Bekxem nima uchun klubning hozirgi xo‘jayinlari aka-uka Gleyzerlar jamoani yangi investorlarga sotishlari kerakligi haqida batafsil gapirib berdi.
"Muxlis va sobiq futbolchi sifatida hammasi hal bo‘lishini istayman. Klubimiz kimga tegishli bo‘lsa, biz ularning ishtiyoqli bo‘lishini, faol ishtirok etishini, to‘g‘ri qaror qabul qilishini, to‘g‘ri o‘yinchilarni jalb etishini va klubga sarmoya kiritishini istaymiz. Chunki klubga haqiqatan ham sarmoya kerak, xoh u mashg‘ulot inshooti, xoh stadion, xoh maydon bo‘lsin... Bu kabi muhim ishlarni qilish kerak, o‘zgarishlar rostdan ham bo‘lishi kerak. Ayniqsa, "Manchester Siti" nimalar qilayotganini hamma ko‘rib turgan bir pallada.
Gap faqat "Manchester Siti"ning g‘alaba qozonayotganida emas. Ularning kelajagini mavsumdan mavsumga qanday qurayotganini ko‘rishingiz mumkin. Ularda Pep bilan barqarorlik bor, men bunga qoyil qolaman.
"Manchester Yunayted" turnir jadvalida birinchi o‘rinda edi, biz hamma narsani yutdik, biz muvaffaqiyat qozongan jamoa bo‘ldik, futbolchilar o‘ynashni xohlaydigan jamoa edik. Biz hammasini qaytarib olishni xohlaymiz va qaror qanchalik tez qabul qilinsa, shuncha yaxshi.
Gleyzerlarning ketish vaqti keldimi? Menimcha, vaqt keldi. Muxlislar buni xohlayotgani uchun. Muxlislarni bir marta yo‘qotib qo‘ysangiz, ayniqsa, "Manchester Yunayted"dek klubda ularni qaytarib olish qiyin. Shubhasiz, Gleyzerlar ko‘p narsaga erishdilar, ammo o‘zgarishtirish qilish kerak. Biz buni hammamiz ko‘ramiz, hammamiz bilamiz”, - dedi Bekxem The Athletic bilan suhbatda.