Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Timur Kapadze: "Biz futbol o‘ynamoqchi edik, “Paxtakor” esa istamadi"

Timur Kapadze: "Biz futbol o‘ynamoqchi edik, “Paxtakor” esa istamadi"

Baho:
+ | -

Superliga 14-turidan o‘rin olgan “Olimpik” – “Paxtakor” (0:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarin bildirib o‘tdi.

“Qiziqarli bahs bo‘ldi. Bugun yigitlar futbol o‘ynashga harakat qildi. Afsuski, “Paxtakor” futbolchilari tezkor goldan so‘ng vaqt cho‘zishga harakat qilishdi. “Sherlar” bunday tarkibi bilan yaxshisi, futbol o‘ynasa bo‘lardi. To‘xtalishlar juda ham ko‘p bo‘ldi. Biz bugun futbol o‘ynamoqchi edik. Mehmonlar esa shunday usul bilan tempni buzishga harakat qildi. O‘zimizning xatolar sabab ikkita to‘p olib chiqdik. Ikkala vaziyatda ham hujumni bartaraf etishning imkoni bor edi.

Raqib “Paxtakor” edi. Ularga qarshi doimo to‘g‘ri o‘ynash kerak. Jamoamizdagi mavjud barcha kuchlarni bugun maydonga tushirdim. Zaxirada ham yaxshi futbolchilar bor. Ikkinchi davra endigina boshlandi. Ibragimovni bugunni o‘ylab olmadik. U yaxshi futbolchi. Barchasidan to‘g‘ri hulosa chiqaramiz.

“Paxtakor” Xoldorxonovni bizga berishni istamayapti. O‘ylashimcha, klub uni qo‘yib yuborganida yaxshi bo‘lar edi. Boisi, “sherlar”ning hujum chizig‘ida futbolchilar etarlicha va qancha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Uning nimalarga qodir ekanligini bilamiz. Shu sabab u bizning jamoada harakat qilganida ko‘proq o‘ynagan bo‘lar edi. Futbolchini terma jamoaga tayyorlashda o‘yin amaliyoti muhim sanaladi.

Abdunabiyev yig‘in vaqtida jarohat olgan edi va bugun ilk o‘yinini o‘tkazdi. U yaxshi darvozabon. To‘g‘ri, xatolar kuzatilyapti, ular yosh. Tajribali darvozabonlar ham xatoga yo‘l qo‘yishmoqda. Yoshlar o‘sha xatoni qilib tajriba orttirishadi. “Chig‘atoy”dan Nemanovni safimizga qo‘shib oldik, u ham yomon darvozabon emas. Qaysi biri kuchli bo‘lsa, o‘sha o‘ynayveradi. Muhimi ularga o‘yin amaliyoti berishimiz kerak. Ular maydonga tushmasa, xatolarini ham bilmaymiz. Bu yoshda xato qilish normal holat.

Men uchun futbolchilarning o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi muhim. Ular termaga tonusda kelishlari lozim. Masalan, hozir Norchayevdan havotirdaman. U juda ham kam maydonga tushmoqda. Termaga chaqirilganda formada emasligiga guvoh bo‘ldim.

Jo‘raqo‘ziyev kelgusi uchrashuvda ham maydonga tushmasligi mumkin. Ikki-uch kundan so‘ng mashg‘ulotlarni boshlaydi. Uning ham yo‘qligi katta yo‘qotish”, – dedi Kapadze.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 07:53, 29.07.2023.
O'qildi: 1439 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик