"Galatasaroy" "Tottenxem"ga yarim himoyachi Tanguy Ndombele uchun rasmiy taklif bilan chiqdi, deb yozdi jurnalist Ertan Syuzgun tvitterda.
Istanbul klubi 26 yoshli fransuz uchun 8 million yevro to‘lashga tayyor. Mablag‘ 4 yil davomida to‘lanadi.
O‘tgan mavsumda Ndombele "Napoli"da ijara asosida o‘ynadi.













