Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Islombek Isoqjonov: "Oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarish uchun maksimal harakat qilamiz"

Islombek Isoqjonov: "Oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarish uchun maksimal harakat qilamiz"

Baho:
+ | -

"Qo‘qon-1912" jamoasi yetakchilaridan biri Islombek Isoqjonov ikkinchi davraga olib borilayotgan tayyorgarliklar haqida gapirdi.

"Avvalambor barchaga assalomu alaykum. Birinchi davrada bir qator kerakli uchrashuvlarda ochkolar yo‘qotdik. Bizga shunday imkoniyatlar yaratib berilayotgan bir paytda birinchi davradagi o‘yinlarimizni qoniqarsiz deb hisoblayman. Birinchi davradagi xatolarda kerakli xulosa chiqardik va ikkinchi davrada ushbu xatolarni qaytarmaslikka harakat qilamiz. “Qo‘qon-1912» jamoasi rahbariyati tomonidan berilayotgan yordamga mos holda biz borimizni berib harakat qilishimiz lozim. Oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarish uchun maksimal harakat qilamiz. Barchasi o‘z qo‘limizda va biz Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun harakatni to‘xtatmaymiz.

Ikkinchi davraga tayyorgarlikni ko‘proq jismoniy holatimizni yaxshilashga qaratdik. Shuningdek, bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlarda maydonga tushdik. Menimcha, ikkinchi davraga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Nasib qilsa, ikkinchi davraning ilk uchrashuvida “Sho‘rtan”ga qarshi maydonga tushib, muxlislarimizni xursand qilamiz.

Har bir futbolchining o‘z maqsadi bo‘ladi. Maqsadsiz va harakatsiz hech kim hech nimaga erisha olmaydi. Ayni vaqtdagi asosiy maqsadim: “Qo‘qon-1912» jamoasi bilan Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish. Bizga ishongan har bir inson uchun ham biz vazifani bajarishimiz lozim bo‘ladi. Hozirgi holatimizdan kelib chiqib, bunga kuchimiz yetadi deb o‘ylayman. Uzoq vaqt davomida jarohat sababli maydondan tashqarida o‘tkazdim, endi yanada kuchliroq bo‘lib, maydonda borimni berishga harakat qilaman."

Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати
Kiritildi: 13:47, 29.07.2023.
O'qildi: 1100 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.