Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona

Rasmus Xyoylunn: uning Reshford va Marsyaldan farqi nimada?

Rasmus Xyoylunn: uning Reshford va Marsyaldan farqi nimada?

Baho:
+ | -

Ko‘pchilik tomonidan yuqori baholangan yosh hujumchi katta jamoaga o‘tmoqda: Xyoylunn tez orada "MYU" futbolchisiga aylanadi. 20 yoshli o‘yinchi o‘zining debyut mavsumidayoq "Atalanta"da shunchalik porladiki, u uchun Erik ten Xaf 72 million funtdan kechib yuborishga rozi bo‘ldi. "Manchester Yunayted"da Xarri Keyn, Randal Kolo Muani, va Viktor Osimxen kabi fantastik hujumchilar varianti bor edi. Biroq, "qizil iblislar" kelajak uchun sarmoya kiritdi va jamoaga uzoq vaqt xizmat qilishi mumkin bo‘lgan Xyoylunn tanlovini amalga oshirdi. Yoz davomida qariyb 120 million funtni Onana va Maunt xaridi uchun sarflagan klub, Xyoylunni sotib olish orqali yangi mavsumda ten Xag uchun tushadigan bosimni yanada oshirdi. Quyida "Manchester Yunayted"ning yangi xaridi jamoaga nima taklif etishi va uning Reshford va Marsyaldan farqini o‘rganamiz.

Raqib darvozasi oldida

Avvalo, shuni aytish kerakki, Xyoylunn "MYU"ga mutlaqo yangi daraja taqdim etadi. Reshford va Marsyaldan farqli ravishda daniyalik hujumchi kuchli jismoniy daraja, yuqori tezlik va raqib jarima maydonchasi ichida to‘g‘ri joy tanlay olish xususiyatiga ega. Xyoylunn o‘tgan mavsumda "Shturm" va "Atalanta" safida jami 37 ta bahsda maydonga tushib, 12 ta gol va 4 ta assist qayd etgan. Reshfordda bu ko‘rsatkich 35 ta o‘yinda 17 ta gol va 5 ta assistga teng. Marsyalni esa u bilan solishtirish qanchalik to‘g‘ri bo‘larkin deb o‘ylamoqdamiz. Negaki, u 6 ta gol va 2 ta assist qayd etgan xolos. Umuman olganda, Reshford uchun Xyoylunning kelishi faqatgina foyda keltirgan bo‘lardi. Negaki, u tezkor va raqib va to‘p ortidan yugurishni yaxshi ko‘radi. Ingliz hujumchisi o‘tgan mavsumda 39.1 foiz holatlarda raqibni to‘psiz qoldirgan. Shuningdek, Reshford bundan keyin o‘zi istagan chap qanotda doimiy o‘ynash imkoniga ega bo‘ladi.

To‘pni saqlab turish

Xyoylunn "MYU"ga bir jabhada juda katta yordam berishi kutilmoqda. U ham bo‘lsa, hujumchining to‘pni o‘zida olib yurish va ushlab turish qobiliyatidir. Masalan, bu sohada o‘tgan yilgi ijarachi Vaut Vegxorstning kamchiligi bor edi. Shuningdek, havodagi kurashlarda ham niderlandiyalikka havas qilib bo‘lmasdi. Xyoylunn va boshqalarning bu boradagi ko‘rsatkichlarini solishtirsangiz, daniyalikning yaqqol ustunligi ko‘zga tashlanadi. Xyoylunn 37.1 foiz, Marsyal 37 foiz, Reshford esa 33.3 foiz holatlarda havoda muvaffaqiyatli harakatni amalga oshirgan. Afsuski, to‘pni aniq oshirish borasida Xyoylunnda muammolar bor. U bergan paslarning 73.1 foizigina o‘z manziliga aniq yetib borgan. Reshford va Marsyalda esa bu ko‘rsatkich, mos ravishda 76.7 foiz va 80.2 foizni tashkil etadi. Bu esa keyingi juftlikning texnik jihatdan ustunligini ko‘rsatadi.

Rasmus Xyoylunn "Manchester Yunayted" hujum chizig‘ini kuchaytiradimi?

Xyoylunn aqlli va tajovuzkor hujumchi bo‘lishiga qaramay, u ayni damdagi "MYU"ning hujumdagi quvvatini oshira olmaydi. Shunga qaramay, jamoada markaziy hujumchiga bo‘lgan katta muhtojlik bor. Negaki, Reshford qanot futbolchisi, Marsyalning esa jarohatga moyilligi kuchli. Shu sababli Reshforddan 5 yosh, Marsyaldan esa 7 yosh kichkina hujumchi sotib olindi. Xyoylunn qayd etgan natijalar uning sotib olinishi uchun haqiqatdan ham yetarli edi. U "Atalanta" ustozi Jan Pyero Gasperini tomonidan Erling Xolandga qiyoslangan. "MYU" muxlislari esa uni yangi mavsumdan boshlab Xoland bilan kurash olib borishiga ishonmoqda. Agarda u "Old Trafford"ga kelsa, biz bir shahar klublarining ikki hujumchisi o‘rtasidagi ajoyib raqobatni ko‘rgan bo‘lardik.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 22:00, 31.07.2023.
O'qildi: 3501 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.